24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Hero’s Journey Qozog‘istondan tashqaridagi dastlabki fitnes-studiyalaridan birini Toshkentda ochadi

Biznes 24.11.2026 15:00 0Spot
Hero’s Journey Qozog‘istondan tashqaridagi dastlabki fitnes-studiyalaridan birini Toshkentda ochadi

Fitnes klublari uchun abonement sotish — vazifaning faqat bir qismi. Xariddan bir necha oy o‘tgach ham mijozning mashg‘ulotlarga qatnashishda davom etishini ta’minlash ancha qiyinroq.

Ko‘pchilik mashg‘ulotlarni katta ishtiyoq bilan boshlaydi, biroq vaqt o‘tishi bilan zalga kamroq kela boshlaydi yoki umuman bormay qo‘yadi. Buning sabablari turlicha: vaqt yetishmasligi, dasturni mustaqil tuzishning qiyinligi, natijalar esa har doim ham kutilganidek bo‘lavermasligi.

Qozog‘istonning Hero’s Journey tarmog‘i o‘z mahsulotini aynan shu muammo yechimiga qaratgan. Oddiy trenajyorlardan foydalanish huquqi o‘rniga, mijoz tayyor mashg‘ulot jarayoniga ega bo‘ladi, bunda dastur, murabbiy hamrohligi va natijalar nazorati yagona xizmatda birlashtirilgan.

Bir necha yil ichida kompaniya Olmaota va Ostonada oltita studiya ochdi. Hero’s Journey ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu formatni 10 000 dan ortiq ishtirokchi sinab ko‘rgan. Ular fitnes bozoridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan taxminan uch baravar ko‘proq mashg’ulotlarga qatnashishadi.

Endi tarmoq Qozog‘istondan tashqarida ham o‘z faoliyatini kengaytirmoqda. Xorijdagi ilk studiyalardan biri Toshkentda ochiladi. Shu bilan birga, kompaniya Dubay va Nyu-Yorkda ham loyihalarni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.

Mashg‘ulotlar tizimi qanday tuzilgan

An’anaviy sport zalida tashrif buyuruvchi ko‘pincha mashqlarni o‘zi tanlaydi, yuklamani belgilaydi va natijalarni mustaqil baholaydi. Agar mutaxassisning doimiy yordami zarur bo‘lsa, shaxsiy mashg‘ulotlar odatda alohida sotib olinadi.

Hero’s Journey mutlaqo boshqacha yondashuvni taklif etadi. Mashg‘ulotlar dasturi maqsad va jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda oldindan tuziladi. Har bir mashg‘ulotda murabbiy ishtirok etib, u mashqlarni tushuntiradi, texnikani kuzatib boradi va yuklamani nazorat qilishda yordam beradi.

Murabbiy hamrohligi klub kartasi narxiga kiritilgan. Murabbiy bilan o‘tkaziladigan har bir mashg‘ulot uchun alohida to‘lov qilish talab etilmaydi.

Shu bilan birga, mashg‘ulotlar formati faqat bir turdagi jismoniy faollik bilan cheklanib qolmaydi.

Studiyada kuch trenajyorlarida shug‘ullanish, intervalli mashg‘ulotlar va pilates tamoyillariga asoslangan reformerlardagi mashg‘ulotlarda qatnashish mumkin. Tanlangan dasturga qarab, asosiy urg‘u kuch yoki chidamlilikni rivojlantirishga, tana tarkibi ustida ishlashga yoki harakatlar nazoratiga qaratilishi mumkin.

Har bir mashg‘ulotning davomiyligi 50 daqiqani tashkil etadi. Ish grafigi tig‘iz bo‘lgan insonlar uchun bu mashg‘ulot jarayonini mustaqil tashkil etish tashvishlarisiz ularga qatnashishni rejalashtirish imkoniyatidir.

Natijalar nazorati nima uchun muhim

Mustaqil mashg‘ulotlarning yana bir muammosi — natijalarni baholashning qiyinligidir.

Zalga kelish soni har doim ham jismoniy tayyorgarlik darajasi qay darajada o‘zgarganini ko‘rsatib bera olmaydi. Inson muntazam shug‘ullanishi, lekin yuklamani oshirish, mashqlarni o‘zgartirish yoki avvalgi dastur bo‘yicha davom ettirish kerakligini tushunmasligi mumkin.

Hero’s Journey’da mashg‘ulot ko‘rsatkichlarini kuzatish texnologiyalaridan foydalaniladi. Ular yuklamani qayd etish va vaqt o‘tishi bilan yuz beradigan o‘zgarishlarni bevosita mobil ilovada kuzatib borish imkonini beradi.

Bunda dastur bosqichlarni ketma-ket o‘tishni ko‘zda tutadi, murabbiy esa texnikaga rioya qilishga va mashg‘ulotlar jadalligini nazorat qilishga yordam beradi.

Bunday yondashuv har bir mijoz uchun bir xil natijani kafolatlamaydi: ko‘p narsa mashg‘ulotlarning muntazamligi, individual xususiyatlar va turmush tarziga bog‘liq. Biroq tizim jarayonni yanada tushunarli va tartibli qilish imkonini beradi.

Toshkentdagi ochilish haqida nimalar ma’lum

Hero’s Journey Uzbekistan’ning birinchi studiyasi poytaxtning Mirobod tumanida, Sapphire biznes markazining ikkinchi qavatida joylashadi.

Hozirda bino ishga tushishga tayyorlanmoqda. Texnik ochilish 2027-yil 7-fevralga rejalashtirilgan.

Yillik klub kartalarining oldindan sotuvi 2026-yil 25-noyabrdan boshlanadi. Oldindan sotuv bosqichida abonement 26,99 mln so‘m o‘rniga 17,99 mln so‘mga taklif etiladi. Farq 9 mln so‘mni tashkil etadi. Maxsus narxdagi klub kartalari soni cheklangan.

Ushbu narx ichiga tayyor dasturlar, har bir mashg‘ulotda murabbiy hamrohligi, mashg‘ulot natijalarini kuzatish imkoniyati va shaxsiy pulsometr kiradi.

Toshkent Hero’s Journey’ning xorijdagi ilk yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Tarmoq uchun bu Qozog‘istonda allaqachon qo‘llanayotgan mashg‘ulot modelini yangi bozorda taqdim etish, poytaxt aholisi uchun esa sport zalidagi mustaqil mashg‘ulotlarga munosib muqobil topish imkoniyatidir.

Texnik ochilish: 2027-yil 7-fevral.

Manzil: Mirobod tumani, Sapphire Biznes markazi, 2-qavat.

Sayt: heros-journey.uz
Instagram: @herosjourneyuz

Reklama huquqi asosida.

O‘xshash yangiliklar