24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Toshkentda 768 mlrd so‘mlik kriptooperatsiyalar bilan bog‘liq moliyaviy sxema fosh etildi

Biznes 24.11.2026 15:01 0Spot
Toshkentda 768 mlrd so‘mlik kriptooperatsiyalar bilan bog‘liq moliyaviy sxema fosh etildi

Toshkentda jinoiy daromadlarni kriptoaktivlarga ayirboshlash orqali ularning asl manbasini yashirishga qaratilgan yirik moliyaviy sxema fosh etildi.

Holat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida aniqlangan.

Boshqarma xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yashnobod tumanida uch nafar shaxs qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, ular turli davlatlar valyutasidagi mablag‘larni kriptoaktivlarga ayirboshlash hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan shug‘ullangan.

Qayd etilishicha, ulardan ashyoviy dalil sifatida sakkizta telefon va ikkita noutbuk olib qo‘yilgan.

Qo‘lga olingan shaxslardan olingan qurilmalarni o‘rganish davomida jami $64 mln dan ortiq USDT, ya’ni qariyb 768 mlrd 380 mln so‘mlik kriptoaktivlar bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgani aniqlangan.

Hozirda tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-prim-8-moddasi uchinchi qismidagi tegishli bandlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Avvalroq Spot Farg‘onada $500 minglik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi fosh etilgani haqida yozgandi.

Tezkor tadbirda gumonlanuvchining yashash xonadonidan noutbuk, ikkita telefon va 43 ta bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘xshash yangiliklar