23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Soliq qo‘mitasi 50 ga yaqin soxta Telegram kanal va botlarni aniqladi

Iqtisod 23.11.2026 10:33 0Spot
Soliq qo‘mitasi 50 ga yaqin soxta Telegram kanal va botlarni aniqladi

Soliq qo‘mitasi kiberxavfsizlik xizmati Telegram messenjerida monitoring o‘tkazdi.

Natijada qo‘mita nomidan kiberfiribgarlar boshqarayotgan 50 ga yaqin ochiq va yopiq guruh, kanal hamda botlar aniqlandi.

Qayd etilishicha, ushbu resurslar orqali keshbek cheklari sotishga urinish, pul evaziga ijara shartnomalarini rasmiylashtirish va keshbek orqali daromad topishga undovchi referal aksiyalarni tarqatish kabi holatlar kuzatilgan.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi nomidan turli xabarlar va zararli ilovalar tarqatish bilan ham shug‘ullanilgan.

Jumladan, soliquz_chek_keshbek, SoliqUz_keshbeklar, Soliqmobilxizmati, SoliqUzbDavlat_bot va keshbek_soliqbot kabi resurslar aniqlangan.

keshbek, nazorat, soliq qo'mitasi, telegram

Holatlar yuzasidan Telegram’ning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga rasmiy murojaat yuborildi.

Soliq qo‘mitasi fuqarolarni norasmiy kanallar va botlarga kirmaslik, ulardagi havolalarni ochmaslik hamda noma’lum manbalardan ilovalarni o‘rnatmaslikka chaqirdi.

Shuningdek, shubhali holatlar haqida @soliquz_report_bot orqali xabar berish so‘raldi.


Avvalroq Spot xorijiy bigtex kompaniyalar O‘zbekistonda 9 oyda qariyb $20 mln soliq to‘lagani haqida yozgandi.

O‘xshash yangiliklar