Haftaning eng yorqin fotosuratlari: 14-20 noyabr


Donald Tramp, Si Szinpin va Vladimir Putin tantanali qabul marosimi oldidan

13-noyabr, Peru, Pimentel. Rim papasi Fransisk tashrifi. Havo harorati yuqori bo‘lgani tufayli o‘t o‘chiruvchilar to‘plangan odamlar ustiga suv sepmoqda.

Britaniya shahzodasi Uilyam Mumbayda bo‘lib o‘tayotgan Earthshot Prize Awards mukofotini topshirish marosimida hind raqqosalar bilan suhbatlashmoqda.

Bangladesh, Dakka shahrida namoyishlar vaqtida politsiya mashinasi yoqib yuborildi. 18-noyabr.

Xitoy, APEC sammiti doirasida Unitree Robotics robotlari raqs ijro etmoqda.

AQSh, Nyu Orlean, American Heritage daryo kruiz kemasi Atlantic Asphalt tankeri bilan to‘qnashuvidan so‘ng yoniga quladi. 13-noyabr.

Avstraliya, Krismas oroli, Qizil qisqichbaqalar migratsiyasi uchun yo‘l ustida qurilgan maxsus ko‘prik. 14-noyabr.

Janubiy Koreya, Seul. Markaziy bozorda ommaviy xayriya kimchi tayyorlash jarayoni. 16-noyabr.

KXDR, davlat rahbari Kim Chen In maxsus turistik hududni ko‘zdan kechirmoqda. 17-noyabr.

AQSh, Texas. SpaceX kompaniyasining Super Heavy v3 kosmik kemasi uchirilganidan so‘ng portlab ketdi.

Hindiston, Nyu-Dehli. Yamuna darosi bo‘yida, odamlar "Chxat" bayrami munosabati bilan oilalarining salomatligi va farovonligi uchun botayotgan quyoshga ibodat qilmoqdalar. 15-noyabr.

Nigeriya, Lagos shahrida Afrika moda haftaligida dizayner Hooked by Ladening modellar namoyishi. 19-noyabr.

Shenchjen Baoan xalqaro ayeroportida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutib olish marosimi. 18-noyabr.

Fillipin, Manila. Guruhli fotosuratga tushish marosimida Hindiston bosh vaziri Modi o‘z davlati bayrog‘i aks etgan kartochkani yerdan olib cho‘ntagiga solib qo‘ydi. 17-noyabr.

Falastin, Xon Yunisda maktab bolalari vayron bo‘lgan bino tomida arqon tortish o‘ynamoqda. 18-noyabr.



