23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Moskvada MDH o‘quvchilari o‘rtasidagi rus tili olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Jahon 22.11.2026 16:36 0Sputniknews
Moskvada MDH o‘quvchilari o‘rtasidagi rus tili olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
TOShKENT, 22 noya — Sputnik Moskvada rus tili bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov rus lug‘atshunosi Vladimir Dal tavalludining 225-yilligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topganining 35-yilligiga bag‘ishlandi.
Olimpiadada MDHga a’zo mamlakatlarning 7–9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Uning asosiy maqsadi yoshlarning rus tili va madaniyatiga qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlov Rossiya Ta’lim vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik markazi tomonidan tashkil etildi.
Qozog‘istonlik ishtirokchi Nargiz Kikbayeva olimpiadada qatnashishga qanday qaror qilganini quvonch bilan so‘zlab berdi.
"Ustozim menga: "Nargiz, qatnash! G‘olib bo‘lsang, Moskvaga borasan", deb xabar yubordi. Men esa unga: "Moskva, meni kut!" deb javob qaytardim", — dedi Nargiz.

O‘xshash yangiliklar