23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

O‘zbekiston energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi

Iqtisod 23.11.2026 10:21 0Sputniknews
O‘zbekiston energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan energetika sohasida yangi rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Umid Mamadaminov Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Mamadaminov ushbu lavozimda 2026-yil iyun oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Uning o‘rniga Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

© Ministerstvo energetikiV energeticheskom sektore Uzbekistana sostoyalis novie rukovodashie naznacheniya
V energeticheskom sektore Uzbekistana sostoyalis novie rukovodashie naznacheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
V energeticheskom sektore Uzbekistana sostoyalis novie rukovodashie naznacheniya
© Ministerstvo energetiki
Nazirov bunga qadar, 2025-yil 28-noyabrdan buyon “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U 2022-yil may oyida mazkur kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Undan avval Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, prezident qarori bilan Otabek Amanov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarini bosqichma-bosqich shakllantirish va tartibga solish bilan shug‘ullanadi.

O‘xshash yangiliklar