23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Rossiya qo‘shinlari Sosnoviy Borni nazoratga oldi, harbiy obyektlarga zarba berdi

Jahon 22.11.2026 14:13 0Sputniknews
Rossiya qo‘shinlari Sosnoviy Borni nazoratga oldi, harbiy obyektlarga zarba berdi
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlarining "Shimol" qo‘shinlari guruhi Xarkov viloyatidagi Sosnoviy Bor qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina armiyasi manfaatlariga xizmat qiluvchi energetika va port infratuzilmasi obyektlari hamda dengiz kemasiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan zarba berdi.
Tungi zarbalar natijasida quyidagi obyektlar nishonga olindi:
Zaporojyeda — Ukraina harbiy sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 330 kV kuchlanishli "Pravoberejnaya" elektr stansiyasi;
Odessa viloyatidagi Kiliya portida — Ukraina Qurolli Kuchlariga harbiy texnika, mol-mulk va boshqa yuklarni yetkazib berishda foydalanilgan port infratuzilmasi obyektlari;
Odessa shahrining shimoli-sharqida — Ukraina armiyasi uchun ikki maqsadli yuklarni tashiyotgan quruq yuk kemasi.
Bundan tashqari, Rossiya harbiylari Ukrainaning "Neptun" qirg‘oq raketa majmuasi uchirish qurilmasini yo‘q qildi. Shuningdek, dronlar ishlab chiqarish va saqlash obyektlari, ularni uchirish maydonchalari hamda harbiylar va xorijiy yollanma askarlar joylashgan punktlarga zarba berildi.

O‘xshash yangiliklar