Rossiya Ukrainaning energetika inshootlari va dengiz kemalariga zarba berdi

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya Ukrainaning energetika inshootlari va dengiz kemalariga zarba berdi. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qilmoqda.
O‘tgan tunda Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari uchun foydalanilayotgan energetika inshootlari va dengiz kemalariga dron hujumlarini amalga oshirdi, deyiladi xabarda.
Hujumlar natijasida quyidagilar zarar ko‘rdi:
Ukraina harbiy sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan Dnepropetrovsk viloyatidagi Krivoy Rog issiqlik elektr stansiyasi;
Ukraina harbiy sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan Rovno viloyatining Sarniy shahridagi 110 kV elektr podstansiyasi;
Odessa yaqinida tranzitda harakatlanayotgan va Ukraina Qurolli Kuchlari uchun ikki maqsadli yuklarni yetkazib beradigan quruq yuk kemasi.
Shuningdek, tun davomida, 20-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 20:00 dan 21-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 8:00 gacha, havo mudofaa kuchlari Rossiyaning turli viloyatlari hamda Qora dengiz ustida 275 ta uzoq masofali uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qildi.



