23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Rossiya UQKning yuqori martabali amaldorlari yig‘ilgan joyga hujum qildi

Jahon 21.11.2026 17:46 0Sputniknews
Rossiya UQKning yuqori martabali amaldorlari yig‘ilgan joyga hujum qildi
TOShKENT, 21 noya —Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina armiyasining yuqori martabali amaldorlari yig‘ilishi o‘tkaziladigan joyga hujum qilishdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Operatsion-taktik aviatsiya, uchuvchisiz apparatlar, raketa kuchlari va artilleriya <...> Ukraina Qurolli kuchlari va <...> harbiy-sanoat kompleksining, jumladan, xorijiy davlatlarning yuqori martabali vakillarining uchrashuv joylariga zarba berdi", deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, quyidagilarga zarba berildi:
dushman tomonidan foydalaniladigan energetika va transport infratuzilmasi obyektlari;
148 ta tumanda Ukraina Qurolli Kuchlari va xorijiy yollanma askarlar uchun vaqtinchalik joylashtirish joylari;
dron va uchuvchisiz qayiq ishlab chiqarish va saqlash joylari;
harbiy aerodromlar.
Kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari 1185 nafar harbiy xizmatchilari, 17ta zirhli jangovar mashinalari, 4 ta dala artilleriya qurollari, 86ta harbiy avtomobil hamda 464ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘qotdi.
Dushman hujumlariga javoban Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlari NATO mutaxassislari bilan foydalanadigan qaror qabul qilish markazlari, korxonalari va omborlariga zarba bermoqda. Harbiylar Ukraina hududi bo‘ylab har qanday nishonni yo’q qilishga qodir bo‘lgan hujum dronlari va uzoq masofali aniq qurollardan foydalanmoqda.

O‘xshash yangiliklar