Anadolu: Netanyaxu Trampni Eronga yangi zarba berişga undamoqda

Isroilning KAN davlat teleradiokompaniyasi vaziyatdan xabardor şaxslarga tayanib xabar berişiça, Oq uy rahbari hozirça bu masalada yakuniy xulosa çiqarmagan. Maʼmuriyat bilan muloqotda bölgan manbalar taʼkidlaşiça, Tramp qaror qabul qilişda şoşiliş niyatida emas.
Yakşanba kuni Prezidentning özi ham Islom Respublikasi bilan kelişuvga erişilmasa, 1-yanvardan keyin hujumga buyruq berişi mumkinligini bildirgan. Avvalroq, 19-noyabr kuni KAN telekanali Netanyaxu Vaşingtonga bosim ötkazib, 4-7 kun davom etadigan qöşma havo amaliyoti ötkazişni talab qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Maʼlumotga köra, Isroil hukumati rahbari bu qadar şoşilişi AQŞ yil oxirigaça mintaqadagi harbiy iştirokini qisqartirişi mumkinligi haqidagi xavotir bilan boğliq. Mahalliy ommaviy axborot vositalari esa muxolifat yetakçisi Gadi Ayzenkot hukumat tuzişiga tösqinlik qilişga urinişda ayblanayotgan Netanyaxu Eronga qarşi yana hujum boşlaş niyatidan qaytmayotganini yozmoqda. Armiya qömondonligi esa Qöşma Ştatlar bilan töliq muvofiqlaştirmasdan turib, Eronga nisbatan heç qanday harbiy harakat boşlamaslik zarurligini taʼkidlamoqda. Şuningdek, uzoq davom etadigan va kuçlarni holdan toydiradigan uruşga kirişib ketiş xavfidan ogohlantirgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA



