Aviatsiya sohasidagi transçegaraviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş taʼminlanadi

Deputatlar uşbu taşrif davlatlar örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş, hamkorlikni yangi mazmun va amaliy yönalişlar bilan boyitiş, mavjud imkoniyatlarni töliq işga soliş hamda manfaatli şeriklikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etdilar. Özbekiston bilan Ömon örtasida imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi bitim ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqqan alohida tarixiy voqea bölgani taʼkidlandi.
Şundan söng yiğilişda “Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinişiga qarşi kuraşiş töğrisidagi Konvensiyani töldiruvçi Bayonnomaga (Pekin, 2010-yil 10-sentabr) Özbekiston Respublikasining qöşilişi haqida”gi qonun loyihasi ham obdon muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş, yangi havo taşuvçilarni jalb etiş, aeroportlarning tranzit salohiyatini oşiriş va aviatsiya xizmatlari bozorini liberallaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar havo transporti xavfsizligini taʼminlaşga yanada yuqori talablar qöymoqda. Bunday şaroitda Bayonnomaga qöşiliş havo kemalari, yölovçilar va ekipaj aʼzolari xavfsizligini taʼminlaş, aviatsiya sohasidagi transçegaraviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş hamda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan huquqiy hamkorlikni kuçaytiriş imkonini beradi.
Ayni paytda xalqaro aviatsiya xavfsizligi standartlarining izçil joriy etilişi Özbekistonning sohadagi xalqaro baholaş va reytinglardagi mavqeini yaxşilaş, xorijiy hamkorlar işonçini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
M.Komilova, ÖzA



