Birjadagi katta daromad ortida nima bor?

18-noyabrga tegişli hujjatda moliya taşkilotlariga mazkur şaxslarning yirik pul ötkazmasi, naqdlaştiriş amaliyoti va köçmas mulk bilan boğliq bitimlarini nazorat qiliş topşirilgan. Pulni muzlatiş haqidagi talab amalda bajarilgan-bajarilmagani hozirça nomaʼlum. Işçilar partiyasi deputati Ahmet Şik eʼlon qilgan maʼlumotga köra, röyxatda davlat idoralari, siyosiy doiralar, yirik kompaniyalar va moliya sohasiga aloqador şaxslar nomi bor. Daromadning yuqori miqdori esa qonunbuzarlikni isbotlamaydi.
Mojaro sentabr oyida bir neça investitsiya fondi mijozlar pulini qaytariş talabini bajara olmagandan keyin avj oldi. 17-sentabr kuni Turkiya kapital bozori kengaşi 7 boşqaruv kompaniyasiga tegişli 131 fondni tugatiş böyiça qaror çiqardi. Tergovçilar ayrim iştirokçilar aksiya narxini sunʼiy oşiriş orqali mislsiz foyda körgan-körmagani, şuningdek imtiyozli maʼlumotdan foydalanilganini aniqlamoqda. Mojaro taxminan 17 milliard dollarlik qiymatga daxldor bölib, mamlakat moliya tizimi ustidan nazorat masalasini ham kun tartibiga olib çiqdi.
Musulmon Ziyo, ÖzA



