25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Prezident maktubidan ilhomlanib...

Siyosat 25.11.2026 18:55 0Uza
Prezident maktubidan ilhomlanib...

Mazkur maktub boboning öz nabirasiga yöllagan şunçaki dil sözlari emas, balki 40 millionga yaqin Özbekistondek qadim tarixga ega davlat rahbarining millat bolalariga bitilgan xitobnomasidir. Yöq, bugina emas. U barça bobo-buvilarning, ota-onalarning öz farzandlariga aytar sözi bölib dunyoga keldi. Bugun milliy özlik masalasi dolzarb mavzuga aylangan bir paytda ilmli böliş ,vatanga sadoqat bilan xizmat qiliş, vaqtning qadriga yetiş haqida kuyunçaklik bilan bitilgan uşbu maktub kelajak avlodlarga ham Özbekiston rahbarining armonlari, orzulari, yangi davlat barpo etiş yölidagi zahmatli mehnati aks etgan qalb daftaridagi eng gözal bitik bölib qoladi.

Prezident maktubini öqir ekanman, ne baxtki, u şeʼrga aylanib, yuragimdan joy oldi.

Tarix ne-ne sirlaru sinoatga guvohdir,
Qança-qança maktubni kördi bu köhna olam.
Ammo ular içida asrlarga yon bermas
Senga meros bölguvçi bitta maktub bor, bolam.

Uni öqib, bilgaysan el ne, millat neligin,
Senga hamroh bölgay u past-baland yöllaringga.
Anglagaysan, ajdoding, bobolaring kimligin,
Tizzangga mador bölgay olganda qöllaringga.

Va yiqilma! Yiqilsang, şu maktubga suyan, tur,
Bek öğillar turtilmas, öngu sölga surilmas.
Bilki, özbek momolar tuqqan asl öğlonlar
Öz yölidan qayrilmas, har köçaga burilmas!

Kökda bitgan maktubim quşdayin qanot qoqib,
Sen orqali,nabiram, avlodlarga yetgaydir.
Orzularim uşalsa sizning baxtingiz körib,
Şunda mening dardlarim, armonlarim ketgaydir.

Baland tutdik biz mudom Özbekiston bayroğin,
Sizlar bilan u yana hilpirasin balandroq.
Va unutmang, muqaddas erur har qariç tuproq,
Eng avval qalbingizda tiklansin aziz bayroq!

Sizga meros qolgaydir bizlardan obod Vatan,
Siz ham yaşang xalq degan şaraf uçun, şon uçun.
Bir kun kelib, ulğayib, el dardiga eş böling,
Biling, umr tikilgay Vatan degan jon uçun!

Sen közimning qorasi, nuridiydam, polvonim,
Har bağrimga bosganda yorişgaydir dil tubim.
Hayotingni nur bölib, ziyo bölib yoritsin,
Soğinç ila, Şavkatim, senga bitgan maktubim!

Sayyora Samandarova,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi,

"Şuhrat" medali sohibasi.

ÖzA

O‘xshash yangiliklar