25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Yangilangan çegara postlari qardoş xalqlar uçun yangi imkoniyat

Siyosat 25.11.2026 18:36 0Uza
Yangilangan çegara postlari qardoş xalqlar uçun yangi imkoniyat

Bu ikki qardoş xalq örtasidagi döstlik va birodarlik bugungi kunda strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari bilan yanada boyib bormoqda. Özbekiston va Qozoğiston davlatlari turli soha va yönalişlarda keng hamkorlik aloqalarini yölga qöygan.

Birgina sayyohlik yönalişida Qozoğiston Özbekistonga turistlar yetkazib beruvçi asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 10 oyida uşbu davlatdan mamlakatimizga 2,7 million nafardan ortiq turist kelgan.

Qardoş xalqlar örtasidagi döstona munosabatlar sarhadlarimizdagi çegara postlarida yaratilayotgan şart-şaroitlar misolida ham öz ifodasini topmoqda. Avval xabar berilganidek, 25-noyabr kuni Özbekiston va Qozoğiston davlat çegarasida joylaşgan «Ğiştköprik» va «Jibek joli» çegara bojxona postlarining yangilangan, zamonaviy bino va inşootlari foydalanişga topşirildi.

[gallery-32720]

Taʼkidlaş lozimki, 1991-yil 1-noyabrda taşkil etilgan «Ğiştköprik» çegara bojxona posti qariyb 35 yil davomida mamlakatimizning Qozoğiston bilan çegaradagi eng muhim ötkaziş punktlaridan biri bölib keldi. Biroq, yillar davomida fuqarolar va transport vositalari oqimining keskin ortişi, ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy va turistik aloqalarning kengayişi mavjud infratuzilmani zamon talablari asosida tubdan yangilaşni taqozo etdi.

Jumladan, 2023-yilda uşbu post orqali 9,8 million nafar fuqaro va 244 mingta yengil avtotransport vositasi harakatlangan bölsa, 2024-yilning özida fuqarolar 11,5 million nafarga, yengil avtotransport vositalari esa 291 mingtaga yetgan. Yaʼni, bir yilda fuqarolar oqimi qariyb 17 foizga, yengil avtotransport vositalari harakati esa 19 foizga oşgan.

Şu bois, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi Farmoni ijrosi doirasida postni zamonaviy loyiha va texnologiyalar asosida rekonstruksiya qiliş işlari amalga oşirildi. Post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirildi. Bino va inşootlar, bojxona nazorati zonalari hamda yölovçilar harakati uçun möljallangan infratuzilma tubdan yangilandi.

Şuningdek, yangi postda bojxona nazorati samaradorligini oşiriş, kontrabanda va huquqbuzarliklarning oldini oliş, şu bilan birga, qonuniy harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalari uçun qulaylik yaratiş maqsadida ilğor texnik vositalar joriy etildi.

Jumladan, 3 ta yangi inspeksion körik majmuasi, 10 ta rentgen apparati, 2 ta «Body Scanner», 6 ta radiatsion portal monitori, 5 ta videoserver hamda 188 ta kuzatuv kamerasi örnatildi. Şuningdek, 98 dyuymli interaktiv ekran, 4 ta infokiosk, 24 ta monoblok, 28 ta ikki monitorli kompyuter va video-konferensaloqa tizimi uçun zarur texnik vositalar bilan jihozlandi.

Eng muhimi, yengil avtotransport vositalari va avtobuslar harakatini tezlaştiriş, nazorat jarayonlarini optimallaştiriş hamda yölovçilar uçun ortiqça ovoragarçiliklarni bartaraf etiş maqsadida «Smart Customs Border» tizimi joriy qilindi. Bu esa bojxona nazorati jarayonlarida zamonaviy raqamli yeçimlardan foydalaniş, inson omilini qisqartiriş va xizmat körsatiş sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş imkonini beradi.

Amalga oşirilgan işlar natijasida postning kunlik ötkazuvçanlik imkoniyati fuqarolar böyiça – 31 ming nafardan 100 ming nafarga, yengil avtotransport vositalari böyiça – 750 tadan 3 000 taga, avtobuslar böyiça – 70 tadan 400 taga oşdi.

Qayd etiş joizki, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ham izçil rivojlanmoqda. Xususan, ikki davlat örtasidagi tovarlar taşqi savdosi 2021-yildagi 3,7 milliard dollardan 2025-yilda 4,6 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning dastlabki 10 oyida esa özaro taşqi savdo hajmi ötgan yilning mos davridagi 3,6 milliard dollardan 4,4 milliard dollarga kötarilib, qariyb 20 foizga ösgan. Ikki davlat rahbarlari tomonidan tovar ayirboşlaş hajmini 2030-yilga qadar 10 milliard dollarga yetkaziş vazifasi belgilab olingan. Bu maqsadga erişişda çegara ötkaziş punktlarining zamonaviy infratuzilmasi, tezkor nazorat va qulay logistika imkoniyatlari alohida ahamiyatga ega.

Zamonaviy qiyofa kasb etgan «Ğiştköprik» va «Jibek joli» postlarining oçiliş marosimida har ikkala davlatning hukumat vakillari, taşkilot va idoralari mutasaddilari bilan birga, qardoş xalqning oddiy vakillari ham iştirok etdi. Ular bilan suhbatlaşar ekanmiz, uşbu amaliy loyihadan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.

Serikbay Usenov,

Özbekistondagi Qozoq madaniy markazi raisi:

— «Ğiştköprik» va «Jibek joli» postlarining bir vaqtda yangidan foydalanişga topşirilişi ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning, qardoş xalq birdamligining amaliy ifodasidir. Uşbu qilinayotgan saʼy-harakatlar zamirida “Inson qadri” tamoyili mujassam. Ildizi bir ikki xalqning, quda-andalar, yaqin birodarlarning bordi-keldisi uçun qulaylik yaratiş maqsadida qilingan uşbu loyiha barçamizni birdek quvontirmoqda.

Bugun davlatlarimiz örtasida iqtisodiy-ijtimoiy, taʼlim, tibbiyot, madaniy-maʼrifiy, sport va turizm kabi köplab yönalişlarda aloqalar mustahkamlanib, kengayib bormoqda. Yaxşi qöşniçilik siyosati Yangi Özbekiston islohotlarining muhim omilidir.

Jannat Soğinbayeva, Qozoğiston fuqarosi:

— Men uşbu çegara posti yaqinida 23 yildan buyon yaşayman. Ilk bor kelgan vaqtimda bojxona posti ança kiçik edi. Bugun esa zamonaviy talablarga mos ravişda qayta qurilib, juda katta va körkam majmuaga aylangan. Bu özgarişlarni körib, juda xursand böldim.

Uşbu bojxona posti orqali har kuni minglab insonlar qatnaydi. Şuning uçun bu yerda yaratilgan qulayliklar, zamonaviy şaroitlar barçamiz uçun juda muhim. Men Qozoğistonda tuğilganman, ammo Özbekistonga tez-tez kelib turaman. Çunki köp işlarimiz Özbekiston bilan boğliq. Şifoxonaga boramiz, bozor-öçar qilamiz, yaqinlarimiz bilan körişamiz. Deyarli har kuni çegaradan ötib-qaytib turamiz.

Eng quvonarlisi, çegaradan ötişda heç qanday muammoga duç kelmayapmiz. Hammasi yaxşi, bemalol ötib kelyapmiz. Bugungi yangilanişlardan juda mamnunmiz.

Muhtarama Komilova,

Farhod Abdurasulov (surat),

ÖzA

O‘xshash yangiliklar