Huquqbuzarlik haqida xabar bermagan mansabdor yoki xodim javobgarlikka tortiladi

Aksinça, huquqbuzarliklar haqida öz vaqtida xabar beriş ehtimoliy huquqbuzarliklarni aniqlaş va bola huquqlarini himoya qiliş imkonini beradi. Ammo amaldagi qonunçilikda davlat organlari va boşqa taşkilotlarning mansabdor şaxslari yoki xodimlari tomonidan huquqbuzarlik holatlari haqida xabar bermaganlik uçun aniq huquqiy taʼsir çorasi mavjud emas.
Şundan kelib çiqib, “Huquqbuzarlik holatlari haqida xabar bermaganlik uçun javobgarlik çoralari belgilanişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi işlab çiqilib, Qonunçilik palatasi majlisida birinçi öqişda körib çiqildi.
— Uşbu hujjat huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ularning oldini oliş, davlat organlari va taşkilotlarining bu boradagi masʼuliyatini kuçaytiriş, şuningdek, fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan, — dedi deputat S.Azimov. — Amaliyotda ayrim huquqbuzarlik holatlari töğrisida vakolatli organlarga öz vaqtida xabar berilmasligi ularni aniqlaş va tegişli huquqiy çoralar körişga salbiy taʼsir körsatmoqda. Xususan, 2025-yilda 536 ta erta tuğruq holati tegişli organlar tomonidan “Ye-material” axborot tizimida röyxatga olinmagan hamda ular yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmagan.
Mazkur qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yangi 188⁵-modda kiritilib, huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş majburiyati yuklatilgan davlat organlari va boşqa taşkilotlarning mansabdor şaxslari hamda xodimlari tomonidan içki işlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga qonunçilikda belgilangan tartibda xabar beriş talablarini buzganlik uçun jarima jazosi belgilaş nazarda tutilmoqda, — dedi deputat.
Muhtarama Komilova,
ÖzA



