Inson huquqlari – oliy qadriyat

Mustaqil, demokratik yöldan dadil odimlayotgan Özbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotining barça jabhalarida xalqimiz manfaatlari közlangan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Yurtimizda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş davlat siyosatining boş maqsadiga aylangan.

Davra suhbatida söz olganlar tomonidan Boş Qomusimizda belgilangan asosiy tamoyillar, uning modda va bandlari haqida maʼlumotlar berildi, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamma narsadan ustunligi, har bir fuqaro qonunlarimizda belgilangan huquqlarini yaxşi bilişi va ulardan lozim darajada foydalanişi muhimligi taʼkidlandi.
Jumladan, Konstitutsiyamizda ham inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida mustahkamlanib, davlatning inson farovonligi va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanişi alohida qayd etilgan.
Tadbirda “Inson qadri uçun” degan tamoyil islohotlarning asosi, inson qadrini uluğlaş, huquq va erkinliklarini himoya qiliş esa barça davlat organlari va taşkilotlarning konstitutsiyaviy vazifasi ekanligi aytib ötildi. Bu borada “Adolat” SDP tomonidan ham keng kölamli amaliy va tarğibot işlari olib borilayotganligi eʼtirof etildi.
– Bugungi tadbirimiz ham talaba yoşlar iştirokida ötkazilayotganligi bejiz emas, – deydi “Adolat” SDP Andijon şahar kengaşi raisi Ilhomjon Abdulazizov. – Yoşlarning Boş qomusimizda belgilangan tamoyillarni, qonunlarimizni, özlarining huquq va burçlarini yaxşi bilişlari muhimdir. Çunki, tahlillarning körsatişiça, huquqbuzarlik va jinoyatçilik holatlarining aksariyati fuqarolar, xususan, yoşlarning qonunlarimizni yaxşi bilmasligi natijasida kelib çiqqan.

Iştirokçilarning huquqiy va Konstitutsiyaga oid bilimlarini boyitişga xizmat qilgan davra suhbati davomida talaba yoşlarning huquqiy bilimlari savol-javoblar orqali sinovdan ötkazildi. Tadbirda faol iştirok etgan bir guruh iştirokçilar “Adolat” SDPning esdalik sovğalari bilan ham taqdirlandi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri



