23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Iordaniya Özbekiston bilan savdo kelişuvini imzolaşga tayyorgarlik körmoqda

Jahon 23.11.2026 12:01 0Uza
Iordaniya Özbekiston bilan savdo kelişuvini imzolaşga tayyorgarlik körmoqda

Qayd etilişiça, Iordaniya sanoat, savdo va taʼminot vaziri Yarub Qudah Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan uçraşuvda mazkur tadbirlarga tayyorgarlikning yakuniy masalalarini muhokama qilgan.

Yarub Qudah Özbekiston Prezidentining taşrifini ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar tarixidagi muhim voqea sifatida baholagan. Uning taʼkidlaşiça, biznes-forum xususiy sektor vakillariga qöşma loyihalarni atrofliça muhokama qiliş uçun qulay maydon yaratadi. Öz navbatida, Özbekiston tomoni ham iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştiriş va ikki mamlakat tadbirkorlari örtasidagi şeriklikni kengaytirişga tayyorligini bildirgan.

Muloqot davomida qöşma sarmoyaviy va işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş uçun ustuvor yönalişlar belgilab olingan. Ular qatoriga farmatsevtika, oziq-ovqatni qayta işlaş, kimyo, töqimaçilik, toğ-kon sanoati, mineral öğitlar işlab çiqariş, energetika, transport va logistika sohalari kiritilgan.

Iordaniya naşri uşbu bitim va biznes-forumni ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda tadbirkorlar örtasida istiqbolli hamkorlik loyihalarini yölga qöyiş uçun muhim imkoniyat sifatida yoritgan.

Dilşod HAKIMOV,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar