Köçirmaçi tufayli vazir işdan ketdi

Mojaroga soliq hisobi böyiça imtihonda eng yuqori natija körsatgan 34 yoşli Xan Von Sokning iqrori sabab böldi. U yaşirin kamera bilan savollarni suratga olib, sunʼiy intellektga yuborgani, keyin javoblarni telefonida tekşirganini tan oldi. Şu voqeadan söng hukumat har yili ötkaziladigan universitetga kiriş imtihonida köçiriş holatlarining oldini olişga kirişdi.

Öşa kuni mamlakat böylab telefonlarga uç marta favqulodda ogohlantiriş xabari yuborildi. Hatto ovozsiz rejimdagi telefonlar ham bir vaqtda jarangladi. Şu tariqa imtihonda köçirişni aniqlaşga qaratilgan milliy ogohlantiriş tizimidan ilk bor foydalanildi. Nomzodlar közoynaklarni tekşirdi, kiyim tugmalarini yopdi. Ayrim öquvçilar aqlli közoynak taqqanlikda gumon qilinmaslik uçun odatiy közoynak örniga kontakt linza taqdi. Bu yilgi imtihonda qariyb 500 000 kişi qatnaşdi, 111 nomzoddan ruxsat etilmagan aqlli qurilmalar topildi.
Musulmon Ziyo, ÖzA



