Kambağallikdan farovonlik sari

– Yil boşida viloyatda kambağal aholi soni 46,5 ming nafarni, kambağallik darajasi 4,2 foizni taşkil etgan edi. Işsizlar soni 20,5 ming nafar, işsizlik darajasi ham 4,2 foizga teng bölgan, – deydi viloyat Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi boşliği Lutfullo Xayrullayev. – Joriy yilning ötgan töqqiz oyi davomida amalga oşirilgan işlar natijasida kambağal aholi soni 26,8 ming nafarga, kambağallik darajasi 2,4 foizga tuşdi. Işsizlar soni esa 18,7 ming nafarni, işsizlik darajasi 3,6 foizni taşkil etdi. Demak, yil boşiga nisbatan kambağal aholi soni 19,7 ming nafarga qisqardi.

Aholi bandligini taʼminlaşda “Loyihaviy yondaşuv” asosida iş taşkil etilgani muhim samara bermoqda. Jumladan, yanvar-sentabr oylarida 22,4 ming nafar aholini doimiy işga joylaştiriş rejalaştirilgan bölsa, amalda 25,2 ming nafar fuqaroning bandligi taʼminlanib, reja 113 foizga bajarildi. Investitsiya loyihalari hisobiga 2 ming 976 nafar, xizmat körsatiş sohasida 5 275 nafar, qişloq xöjaligida 2 ming 202 nafar, quriliş sohasida 711 nafar aholi iş bilan taʼminlandi. Böş iş örinlariga joylaştiriş orqali 3 569 nafar, tijorat banklari kömagida esa 10 484 nafar fuqaro doimiy işga ega böldi.
Viloyatda norasmiy bandlikni qisqartirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Töqqiz oyda 27,2 mingta iş örnini rasmiylaştiriş rejaлаштiрiлган bölib, amalda 34,2 mingta iş örni “soya”dan çiqarildi. Şuningdek, aholi daromadini oşiriş böyiça rejadagi 120,2 ming nafar örniga 149,1 ming nafar fuqaroning daromad manbai yaxşilandi. Bunda kiçik va örta biznes kreditlari orqali 70 ming 961 nafar, qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlar hisobiga 37 ming 358 nafar aholining daromadi oşirildi.
Mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlaş maqsadida joriy yilning ön oyida 3 373 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka öqişga jalb etildi. Şu davrda 227 marotaba mehnat yarmarkasi taşkil qilinib, ularda 3 ming 311 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş va yangi daromad manbalarini yaratişda hokim yordamçilari hamda mahalla bankirlari hamkorligi muhim örin tutmoqda. Joriy yilning töqqiz oyida ular iştirokida umumiy qiymati 923,4 milliard sömlik 10 891 ta mikroloyiha amalga oşirilib, 23 ming 66 nafar aholining bandligi taʼminlandi. Loyihalarning 3 237 tasi kambağal oilalar iştirokida taşkil etilgan. Soha kesimida qişloq xöjaligida 6 771 ta, sanoatda 1 808 ta va xizmat körsatiş yönalişida 2 312 ta mikroloyiha işga tuşirildi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qöllab-quvvatlaşga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ön oy davomida 14 467 ta oilaga, yaʼni 51,6 ming nafar aholiga 20 660 ta xizmat körsatildi. Natijada 7,3 ming nafar fuqaro işga joylaştirildi, 3,7 ming nafariga imtiyozli kreditlar, 160 nafariga subsidiya va ssudalar ajratildi. 8,6 ming nafar aholi tadbirkorlikka jalb qilindi.
Tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalaniş ham aholi daromadini oşirişning muhim yönalişidir. Viloyatdagi 143,1 mingta xonadon ixtiyorida 12,8 ming gektar tomorqa yer maydoni mavjud. Ularning 9,5 ming gektariga bahorgi, 8,2 ming gektariga takroriy, 782,8 gektariga töqsonbosti ekinlari ekildi. “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 3 ming gektar ijara yerida qişloq xöjaligi ekinlari yetiştiriş yölga qöyildi.

Şuningdek, 628 gektar maydonda boğlar barpo etilib, 2 728 nafar fuqaroning doimiy bandligi taʼminlandi. Kambağallikni qisqartiriş işlarining manzilliligini oşiriş maqsadida yangi mexanizm ham joriy etildi. Uşbu mexanizm asosida subsidiya ajratiş böyiça 2,4 milliard sömlik 528 ta loyiha töliq moliyalaştirildi. Imtiyozli kreditlar yönalişida 127 ta loyihaga 6,1 milliard söm ajratildi. Beşta kiçik va örta lider tadbirkorning 2,2 milliard sömlik loyihalari ham şakllantirildi.
Amalga oşirilgan işlar natijasida Navoiy, Zarafşon va Ğozğon şaharlari, Navbahor, Uçquduq va Tomdi tumanlari “Kambağallik va işsizlikdan holi hudud” maqomiga erişdi. Erişilgan natijalar sohadagi islohotlar samarasini körsatmoqda.
Ayni paytda yangi iş örinlarining barqarorligini taʼminlaş, ajratilgan kredit va subsidiyalarning maqsadli sarflanişini nazorat qiliş, mikroloyihalar faoliyatini rivojlantiriş muhim vazifalardan bölib qolmoqda. Çunki bu boradagi işlarning haqiqiy natijasi har bir oilaning barqaror daromadga ega bölişi, mehnat qiliş imkoniyatlarining kengayişi va turmuş farovonligining yuksalişida namoyon böladi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri



