Kanada mudofaa vaziri AQŞ bilan harbiy hamkorlik çeklangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Galifaksdagi xavfsizlik konferensiyasi doirasida “Reuters” agentligiga intervyu bergan Makginti “The Washington Post” naşrida çop etilgan, AQŞ mudofaa vaziri Pit Xegset tomonidan yuborilgani aytilgan va ikki davlat örtasidagi harbiy hamkorlikka çeklov kiritişi mumkin bölgan hujjatdan bexabar ekanini bildirdi.
Uning taʼkidlaşiça, Kanada va AQŞ mudofaa hamkorligida heç qanday uziliş yoki kelişmovçilik yöq. Ikki davlat harbiylari Karib dengizida giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş, raketaga qarşi mudofaa tizimini boşqariş va zarurat tuğilganda Şimoliy Amerika osmonini himoya qiliş uçun qiruvçi samolyotlarni havoga kötarişda şeriklikni davom ettiryapti.
Pentagon bu xabar yuzasidan rasmiy izoh bermagan. “The Globe and Mail” gazetasiga köra, taşkilot matbuot kotibi Şon Parnell mazkur körsatma NATO, Şimoliy Amerika aero fazoviy mudofaa qömondonligi (NORAD) va razvedka amaliyotiga taʼsir qilmasligini aytdi. Janubiy Dakotadan saylangan respublikaçi senator Mayk Raunds ham hujjat bilan taniştirilganini bildirib, bu qoğozda AQŞ harbiylari yillar davomida bajarib kelayotgan odatiy vazifadan taşqari jiddiy yangi çeklov yöqligini taʼkidlagan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA



