Maʼmuriy sud işlarini yuritişga oid qoidalar tizimlaştiriladi

Loyihada maʼmuriy sud işlarini yuritişga oid qoidalarni tizimlaştiriş, amaldagi huquqiy normalarni yagona Kodeksda jamlaş bilan bir qatorda sud jarayonlarining samaradorligini oşirişga oid muhim yangiliklar nazarda tutilgan. Jumladan, maʼmuriy sudlarda daʼvo va jamoaviy daʼvo institutlarini rivojlantiriş, maʼmuriy hujjatlarga nisbatan işonçni himoya qiliş mexanizmlarini mustahkamlaş, sudga murojaat qiliş, arizalarni qabul qiliş yoki qaytariş tartiblarini aniqlaştiriş, protsessual muddatlarni maqbullaştiriş hamda sud qarorlari ijrosining samaradorligini oşirişga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Şuningdek, Qonunçilik palatasining “Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil etiş, raqamlaştiriş hamda şaffof va korrupsiyadan xoli tizimni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi parlament söroviga Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi tomonidan taqdim etilgan javob körib çiqildi.
Taʼkidlanganidek, sohada bozor nazoratining zamonaviy tizimini joriy etiş, mahsulotlar xavfsizligini taʼminlaş, milliy standartlarni xalqaro talablarga uyğunlaştiriş hamda davlat xizmatlarini raqamlaştiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Agentlik tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va bartaraf etiş çoralari ham körilmoqda.
Şu bilan birga, deputatlar tomonidan aholini xavfsiz va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlaş, sohada inson omilini kamaytiriş hamda şaffof va korrupsiyadan xoli tizimni şakllantiriş böyiça işlarni izçil davom ettiriş zarurligi taʼkidlandi.
M.Komilova, ÖzA



