“Men donorman” – ezgulikka çorlovçi taşabbus

Unda filial professor-öqituvçilari va talaba-yoşlari iştirok etib, beğaraz yordam körsatiş taşabbusini qöllab-quvvatladilar. Aksiya doirasida filial hududiga olib kelingan maxsus köçma donorlik majmuasida qon topşiriş jarayoni taşkil etildi.
Iştirokçilar dastlab tibbiyot xodimlari körigidan ötib, körsatmalarga muvofiq kelgan fuqarolar belgilangan tartibda qon topşirdilar.

Tadbirda talaba-yoşlarning faolligi alohida ahamiyatga ega böldi. Ular uçun donorlikning tibbiy va ijtimoiy ahamiyatini anglaş, öz soğliğiga masʼuliyat bilan yondaşiş hamda yordamga muhtoj insonlar hayotiga daxldor ezgu işda iştirok etiş imkoniyati yaratildi.
Professor-öqituvçilarning ham aksiyada qatnaşişi yoşlar uçun ibratli namuna böldi.

Qon donorligi tibbiyotda örnini boşqa vosita bilan töldirib bölmaydigan yordam turlaridan biridir. Jarrohlik amaliyotlari, oğir jarohatlar, turli kasalliklar bilan boğliq holatlarda qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyoj tuğiladi. Şu bois ixtiyoriy donorlik har bir insonning hayotini saqlab qolişga hissa qöşişi mumkin.

Filialda ötkazilgan uşbu aksiya jamoada donorlikka masʼuliyatli munosabatni şakllantiriş, yoşlar orasida insonparvarlik ğoyalarini tarğib qiliş va ixtiyoriy qon topşiriş madaniyatini kengaytiriş yölidagi amaliy taşabbus böldi.
Oddiy bir xayrli harakat kim uçundir umid, boşqa bir inson uçun esa hayotni saqlab qolişga sabab bölişi mumkin.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri



