Özbekiston — Iordaniya: umumiy maqsadlar yölidagi strategik şeriklik

— Bu qaror alohida ahamiyatga ega. Strategik şeriklik — bu şunçaki diplomatik maqom bölibgina qolmay, ayni damda munosabatlarni mazmun bilan boyitiş, iqtisodiyot, investitsiyalar, taʼlim, madaniyat va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatidir.
Keng kölamli “yöl xaritasi”ni qabul qiliş töğrisidagi kelişuvga erişilgani alohida ahamiyatga ega. Zero, xalqaro kelişuvlarning qiymati ularning amaliy natijalarida — tadbirkorlar, yoşlar, mutaxassislar uçun yangi imkoniyatlarda, eng muhimi hayot darajasi yaxşilanişida namoyon böladi.
Özbekiston tinçlik va barqaror taraqqiyot yölida oçiq muloqot, özaro işonç va hamkorlikka intilgan holda, xalqaro aloqalarni izçil mustahkamlamoqda. Iordaniya bilan hamkorlik bu yöldagi muhim qadamlardan biri bölişiga, davlatlarimiz va xalqlarimiz uçun yangi istiqbollarni oçib berişiga işonaman. Hamkorlikning poydevori işonç bölsa, diplomatiya kelajak uçun real imkoniyatlarga aylanadi, — deya taʼkidladi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati, Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi aʼzosi Irina Tokareva.
Lira Şafik yozib oldi,
ÖzA



