Milliy suğurta bozori tarixida ilk bor: Özbekiston Suğurta tölovlarini kafolatlaş jamğarmasi IFIGS Xalqaro forumi rahbariyati tarkibiga kirdi

Milliy suğurta bozori tarixida ilk bor Özbekiston vakili global darajada bunday yuksak rahbarlik lavozimini egalladi. Uşbu muhim tayinlov IFIGS forumining 13-Xalqaro konferensiyasi doirasida bölib ötdi. Mazkur yirik tadbir dunyoning 31 ta davlatidan 140 ga yaqin sohaviy taşkilotlar, xalqaro moliya institutlari va suğurta bozorini tartibga soluvçi davlat organlarining oliy rahbarlarini birlaştirdi. Mazkur qaror milliy suğurta tölovlarini kafolatlaş tizimining global professional hamjamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalaşayotganini tasdiqlaydi.

Suğurta tölovlarini kafolatlaş jamğarmasi Direktori Yormat Mirzayev uşbu muhim voqeani quyidagiça izohladi: «Jamğarmaning IFIGS oliy rahbariyati tarkibiga saylanişi — bu, eng avvalo, Muhtaram Özbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida moliya bozorini modernizatsiya qiliş va fuqarolar huquqlarini himoya qilişning institutsional tizimini mustahkamlaş borasida izçil amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar natijalarining xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan berilgan yuksak bahosidir. Uşbu yangi maqom taşkilotimiz uçun tölovlarni kafolatlaş böyiça xalqaro standartlarni işlab çiqişda bevosita iştirok etiş va Jamğarma faoliyatiga ilğor xorijiy tajribalarni tezkor joriy etiş uçun amaliy imkoniyatlarni oçadi. Mazkur xalqaro maydondagi asosiy vazifamiz — milliy tajribamizni munosib taqdim etiş hamda kafolatli holatlar yuzaga kelganda oddiy fuqarolar va jabrlangan şaxslarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qiliş uçun jahonning eng yaxşi uslub va vositalarini jalb qilişdan iboratdir».

Özbekiston vakilining IFIGS rahbariyatiga saylanişi — milliy suğurta tölovlarini kafolatlaş tizimiga bölgan xalqaro işonçni mustahkamlaş yölidagi muhim qadam, şuningdek, suğurta tovonlarini oliş huquqiga ega bölgan fuqarolar va jabrlangan şaxslarning huquqlarini eng yaxşi jahon amaliyotlari va yuksak xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilişni taʼminlaşga sodiqlikning tasdiğidir.

Maʼlumot uçun: Özbekiston Suğurta tölovlarini kafolatlaş jamğarmasi 2025-yildan buyon IFIGS xalqaro forumining tölaqonli aʼzosi hisoblanadi. 2013-yilda taşkil etilgan IFIGS xalqaro forumi dunyoning yetakçi rivojlangan iqtisodlariga ega davlatlarining (şu jumladan AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Kanada va boşqalar) suğurta tölovlarini kafolatlaş böyiça davlat va mustaqil taşkilotlarini birlaştirgan yagona global assotsiatsiya hisoblanadi.



