23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Ömon matbuoti: Özbekiston va Ömon iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqiçiga qadam qöymoqda

Jahon 23.11.2026 07:52 0Uza
Ömon matbuoti: Özbekiston va Ömon iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqiçiga qadam qöymoqda

“Ömon va Özbekiston iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqiçiga qadam qöymoqda” sarlavhali materialda ikki mamlakat energetika, toğ-kon sanoati, işlab çiqariş, transport va logistika sohasida hamkorlikni kengaytirayotgani qayd etilgan.

Naşrda ikki mamlakat biznes-forumi va körgazmasiga ham alohida töxtalib ötilgan. Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Şohrux Ğulomov uşbu tadbir işbilarmonlar örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş, yangi investitsiyaviy imkoniyatlarni örganiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun muhim maydon ekanini taʼkidlagan.

Maqolada “Voltamp Energy” kompaniyasi boşqaruvi raisi Ayman bin Hamad al-Busaidiyning fikrlari ham keltirilgan. Uning maʼlum qilişiça, ikki mamlakat örtasida umumiy qiymati 1,5 milliard Ömon rialidan ortiq yangi loyihalar eʼlon qilingan bölib, ularning ayrimlari amalga oşiriş bosqiçiga ötgan.

Bundan taşqari, Özbekistonning “Space Group” kompaniyasi asosçisi Azizbek Umaraliyev Ömonda 15 nafardan ortiq investor bilan muzokaralar ötkazganini bildirgan. Kompaniya yaqin oylarda uşbu mamlakatda öz şöʼba korxonasini oçişni rejalaştirmoqda.

Materialda “Artel Electronics” kompaniyasi vakili Ilhom Ahmadovning fikrlariga ham örin berilgan. U Ömon bozori va investorlar uçun yaratilgan şaroitlar özbekistonlik tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar oçayotganini aytgan.

Maqola yakunida ikki davlat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarning kengayişi qöşma korxonalar taşkil etiş, özaro investitsiyalar hajmini oşiriş va savdo munosabatlarini yanada rivojlantirişga xizmat qilişi alohida urğulangan.

Dilşod HAKIMOV,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar