NATO Ukrainaga qalqon böladimi?

Qöşma Ştatlar yetakçisi maxsus vakili Jared Kuşner Berlindagi uçraşuvda Prezident şunday kelişuvga tayyorligi va Rossiya ham taklifga qarşi emasligini bildirdi. Reja NATOning 5-moddasiga öxşaş muhofazani nazarda tutadi: Ukrainaga hujum qilinsa, hamkorlar javob çorasini köradi. Ayni kafolat qanday amalga oşirilişi hali aniq emas. Prezident Vladimir Zelenskiy ham tomonlar loyiha mazmunini bir xil tuşunayotganiga işonçi komil emasligiga işora qildi.
Yevropada taklifga munosabat turliça. Fransiya Ukrainani tölaqonli NATO aʼzoligiga qabul qilişni maʼqul körmoqda. Polşa, Boltiq böyi va Şimol davlatlari esa Moskva bilan kelişuvda Kiyev manfaati qurbon bölişidan xavotirda. Ayniqsa Donbassni Rossiyaga beriş ehtimoli jiddiy eʼtiroz keltirib çiqargan. “Chatham House” tahlil markazi vakili Greguar Rus bunday yondaşuv Moskvaga Yevropa xavfsizligi masalasida taʼsir ötkaziş imkonini berişi ehtimolidan ogohlantirdi.
Musulmon Ziyo, ÖzA



