Navbatdagi konferensiya bölib ötdi

Bu jarayonda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi öz faoliyatini takomillaştiriş, dasturiy maqsadlarini hozirgi islohotlar mazmuniga muvofiqlaştiriş hamda elektorat bilan işlaşning samarali mexanizmlarini joriy etişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Namangan şahridagi “Maʼrifat” maskanida bölib ötgan ÖzLiDeP Namangan viloyati partiya taşkilotining navbatdagi konferensiyasida ayni şu xususda söz bordi. Partiya tomonidan ilgari surilayotgan yangi siyosiy dasturni işlab çiqiş yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Partiya masʼul xodimdari, elektorat faollari, Oliy Majlis Senati aʼzolari hamda Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatlari, jamoat taşkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokidagi uşbu anjumanda ÖzLiDeP viloyat kengaşining ötgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida batafsil axborot berildi.

Notiq – partiya Namangan viloyati kengaşi apparat rahbari Orifjon Mahmudov tadbirkorlar va fermerlar manfaatlarini himoya qiliş, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş hamda aholi bandligini oşirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş muhim ekanligini taʼkidladi. Qolaversa, yoşlar, işbilarmon xotin-qizlar, özini özi band qilgan fuqarolar hamda taʼlim, tibbiyot sohalari vakillari bilan muloqotni kengaytiriş zarurligi qayd etildi.
Viloyatdagi partiya taşkilotlari va mahalliy Kengaşlardagi deputatlik guruhlari hamkorligini kuçaytirişga ham alohida eʼtibor qaratiş lozimligi aytib ötildi. Aholi va tadbirkorlar kötargan muammolarni tegişli ijro organlariga yetkaziş, ularning yeçimi ustidan deputatlik nazoratini olib boriş muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Mazkur jarayonlar partiyaning taşkiliy faoliyatini sarhisob qiliş, elektorat bilan munosabatlarini qayta körib çiqiş va kelgusi siyosiy maqsadlarini aniq belgilaş uçun muhim imkoniyatdir. Zero, bugun partiya elektoratining tarkibi ham kengayib bormoqda. Tadbirkorlar va fermerlar bilan bir qatorda, taʼlim, tibbiyot, sport sohasi vakillari, özini özi band qilgan fuqarolar, startapçilar, malakali mutaxassislar, yoşlar va işbilarmon xotin-qizlar bilan tizimli işlaş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Qayd etiş darkor, 2024-yil 27-avgustda bölib ötgan ÖzLiDeP Namangan viloyati kengaşining birinçi konferensiyasidan söng, partiya parlament va mahalliy Kengaşlarga ilk bor mojaritar va proporsional tizim asosida keçgan saylovlarda munosib qatnaşdi. Xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga oltita deputatlik mandati, xalq deputatlari viloyat Kengaşida 21 ta, şahar va tuman Kengaşlarida 117 ta deputatlik örni qölga kiritilib, bu borada siyosiy partiyalar orasida yetakçilik mavqei yanada mustahkamlandi.

Darhaqiqat, bunday salmoqli natijalar ÖzLiDeP ğoyalari atrofida birlaşgan köp ming sonli partiyadoşlarga yanada katta işonç va masʼuliyat yukladi. Şu bois ham deputatlik guruhlari faoliyati davomida jamoatçilik eşituvlari, saylovçilar bilan bevosita muloqotga asoslangan sayyor qabullar soni va sifati ötgan davrlarga nisbatan bir munça oşdi. Jumladan, hisobot davrida 2 ming 736 ta deputatlik sörovi çiqarilib, 2 ming 800 ga yaqin muammoli masalalar yeçimiga eʼtibor qaratilgan bölsa, ötkazilgan 690 ta sayyor qabulda 984 kişining murojaatlari tinglanib, şundan 705 ta masala ijobiy hal etildi. 328 bor deputatlik jamoatçilik eşituvlari amalga oşirilib, tegişli ijro organlari rahbarlarining axborot va hisobotlari eşitildi.
Joriy yilda partiya tomonidan boşlangan “Xalq bilan birga” yirik loyihasi doirasida Namangan viloyatida ham keng qamrovli amaliy işlar bajarildi. Aprel-sentabr oylari davomida şahar va tuman partiya taşkilotlari uşbu dastur doirasida bir qator ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy, tibbiy, iqtisodiy hamda xayriya loyihalarini amalga oşirdi hamda ularda minglab fuqarolar qamrab olindi. Birgina sayyor qabullar davomida 916 nafar fuqaroga 3 milliard 881 million söm miqdorida moddiy yordam körsatildi. Partiya faollari – tadbirkorlar kömagida yakka yolğiz keksa va boquvçisini yöqotgan 78 kişi otaliqqa olindi. 81 nafar fuqaro işga joylaştirildi.

Eʼtirof etiş joiz, “Yurakka yöl”, “Bir oila – bir homiy”, “Salomatlik sari”, “Tadbirkorlardan bolajonlarga” xayriya aksiyalari hamda “Yoş fermerlar tajriba maktabi”, “ÖzLiDeP stipendiyasi”, “Işbilarmon ayol–2026” loyihalari ham özining kutilgan samaralarini berib, partiya imiji va uning xayrixohlarini oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

Konferensiyada partiyaning dekabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan Kongressiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi. Şahar, tuman partiya taşkilotlarining anjumanlarida bildirilgan takliflar umumlaştirilib, hududlarda partiya faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi. ÖzLiDeP siyosiy kengaşi ijroiya qömitasining joriy yil dekabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan ikkinçi kongressida Namangan viloyatidan qatnaşadigan 84 nafardan iborat delegat aʼzolari bir ovozdan tasdiqlandi.

– Partiyamiz taşkil topganidan buyon liberal ğoyalar, tadbirkorlik, xususiy mulk va mulkdorlar manfaatlarini himoya qilişni ustuvor vazifa sifatida belgilab kelmoqda. Bugungi keng kölamli özgarişlar esa uşbu mafkuraviy asoslarni saqlagan holda partiyaning ijtimoiy qamrovini kengaytirişni taqozo etmoqda, – dedi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Hilola Yusupova. – Bunda tadbirkorlar va fermerlar bilan bir qatorda, ziyolilar, xotin-qizlar, yoşlar, mutaxassislar, işçi-xodimlar hamda aholining boşqa qatlamlari manfaatlarini ifoda etiş va yurtimizdagi turli kasbdagi insonlarni yagona maqsad atrofida birlaştirişga eʼtibor qaratiladi. Şu maʼnoda, ÖzLiDePning yangi siyosiy dasturida islohotlar surʼati, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş, investitsiyalarni jalb qiliş, mahallani rivojlantiriş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş kabi ustuvor masalalar öz aksini topişi közda tutilmoqda. Jamiyatning keng qatlamlari manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan yangi taşabbuslar ham dasturdan örin oladi. Dasturni şakllantirişda partiyaning quyi böğinlari, deputatlar, tadbirkorlar, fermerlar, yoşlar va xotin-qizlarning takliflariga tayanilayotgani hujjatning hayotiyligi va amaliy ahamiyatini oşirişga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida, partiya kongressiga tayyorgarlik işlarining galdagi bosqiçida amalga oşiriladigan taşkiliy masalalar belgilab olindi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri



