"Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?" – bobo va nabira suhbati iqtisodçi olim nigohida

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 23-noyabr kuni Iordaniyaga oliy darajadagi davlat taşrifi çoğida bitgan maktubi şu tariqa oddiy oilaviy muloqot doirasidan çiqib, millat kelajagi, avlodlar vorisiyligi, ilm-maʼrifat va inson kamoloti haqidagi teran muşohadaga aylandi.
Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan amalga oşirilgan taşrif ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Parvoz çoğida bitilgan maktub esa xalqimiz uçun öziga xos maʼnaviy tuhfa böldi.
Maktubni mutolaa qilgan har bir ota-ona, bobo va buvi unda öz farzandi yoki nabirasiga aytmoqçi bölgan ezgu tilaklarini, hayotiy orzu-umidlarini topişi tabiiy. Zero, davlatimiz rahbari maktubdagi fikrlarini Özbekistonning barça farzandlariga bağişlaganini alohida taʼkidlaydi.
Uşbu maktubni olim va ustoz sifatida, avvalo, bugungi talaba-yoşlarimizga qaratilgan maʼnaviy murojaat tarzida qabul qildim. Unda zamonaviy oliy taʼlimning eng muhim vazifalaridan biri – yoşlarga nafaqat kasbiy bilim beriş, balki ularda hayotiy maqsad, fuqarolik pozitsiyasi va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusini şakllantiriş masalasi öz ifodasini topgan.
Darhaqiqat, nabiraning savoli zamirida bolalikka xos soğinç mujassam. Bunday savolni uzoq safarga otlangan har bir ota ham, bobo ham öz farzandi va nabirasidan köp eşitgan. Boboning javobida esa davlat rahbarining xalq va kelajak avlod oldidagi masʼuliyati namoyon böladi.
Prezidentimiz xorijiy mamlakatlarga tez-tez safar qilişining asosiy maqsadi xalqimizning tinç va farovon hayot keçirişi, farzandlarimizning bilimli, zamonaviy kasb-hunar egalari bölib ulğayişi uçun yangi imkoniyatlar yaratişdan iborat ekanini tuşuntiradi.
Oliy darajadagi davlat taşriflari xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, investitsiya oqimlarini rağbatlantiriş, taşqi savdo aloqalarini diversifikatsiya qiliş va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşirişda muhim örin tutadi.
Xalqaro kelişuvlar zamirida yangi işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, iş örinlari, taʼlim dasturlari va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari mujassam.
Bunday katta imkoniyatlarni amaliy natijaga aylantiriş, birinçi navbatda, malakali inson kapitaliga boğliq. Bugun auditoriyada tahsil olayotgan talaba ertaga xalqaro investitsiya loyihasini boşqarişi, taşqi savdo muzokaralarida iştirok etişi yoki innovatsion korxona taşkil etişi mumkin.
Şu maʼnoda, xorijiy tillarni puxta egallaş, xalqaro iqtisodiy munosabatlar qonuniyatlarini anglaş, investitsiya loyihalarini baholaş va strategik fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş zamonaviy iqtisodçi mutaxassis uçun obʼektiv zaruratdir.
Iqtisodiyotning markazida inson turadi
Maktubning ğoyaviy özagini xalqqa xizmat qiliş falsafasi taşkil etadi. Davlatimiz rahbari millat dardiga darmon bölişni inson hayotining eng oliy maqsadlaridan biri sifatida talqin etadi. Maktubda taʼkidlanişiça, u deputat, hokim, boş vazir va davlat rahbari lavozimlarida işlaganida ham xalq oğirini yengil qilişni hayotining maʼno-mazmuni deb bilgan. Bu qaraş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ulkan industrial islohotlarning asosiy tamoyili – davlatning inson manfaatlariga xizmat qilişi ğoyasi bilan hamohangdir.
Aslida, iqtisodiyot fanining pirovard maqsadi ham inson farovonligini taʼminlaşdan iborat. Yalpi içki mahsulotning ösişi, investitsiyalar hajmining ortişi, eksport salohiyatining kengayişi yoki mehnat unumdorligining oşişi, eng avvalo, aholi turmuş sifatida öz aksini topişi bilan ahamiyatlidir.
Raqamlarga murojaat qilsak, 2016-yilda Özbekistonning eksport hajmi 12,1 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç 33,8 milliard dollarga yetdi. Töqqiz yil içida eksport 21,7 milliard dollarga yoki qariyb 2,8 barobarga oşdi. 2025-yilda mamlakatimizning taşqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarni taşkil etdi. Iqtisodçi uçun bu raqamlarning asl maʼnosi ularning ortida turgan hayotda: eksportning har bir qöşimça milliardi yangi korxonalar, iş örinlari va oilalar daromadi demakdir.
Iqtisodiy taraqqiyotni faqat makroiqtisodiy körsatkiçlar orqali baholaş yetarli emas. Uning haqiqiy samarasi oilalar daromadining köpayişi, munosib iş örinlarining yaratilişi, sifatli taʼlim va tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarining kengayişi bilan belgilanadi.
Şu bois biz tayyorlayotgan har bir iqtisodçi qabul qilinayotgan qarorning nafaqat moliyaviy samaradorligini, balki ijtimoiy ahamiyatini ham baholay olişi zarur. Kasbiy salohiyat xalq manfaatiga xizmat qilgandagina çinakam qadriyatga aylanadi. Maktubdagi “Vatanga naf keltirmoqqa, el koriga yaramoqqa intil!” degan daʼvat ham aynan şu haqda.
Tarixiy xotira va inson kapitali
Maktubda davlatimiz rahbari öz bolalik yillarini, öşa davrning murakkab ijtimoiy muhitini va majburiy mehnat bilan boğliq maşaqqatlarni eslaydi. Bu xotiralar bir insonning şaxsiy keçinmalarigina emas, balki butun bir avlodning tarixiy tajribasidir.
Öquvçilarning taʼlim oliş örniga paxta dalalariga jalb etilişi jamiyatning intellektual salohiyatiga, inson kapitali şakllanişiga va kelajakdagi iqtisodiy imkoniyatlariga, şuningdek, milliy qadriyatlariga salbiy taʼsir körsatgan.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyada taʼlimga yönaltirilgan mablağ oddiy xarajat emas, balki uzoq muddatli investitsiya sifatida baholanadi. Çunki insonning bilimi, malakasi va intellektual salohiyati iqtisodiy ösişning muhim manbalaridan biridir.
Mamlakatimizda majburiy mehnatga barham berilişi, bolalarning taʼlim oliş huquqi taʼminlanişi, maktabgaça va maktab taʼlimi infratuzilmasining rivojlantirilişi nafaqat ijtimoiy, balki strategik iqtisodiy ahamiyatga ham ega.
Uluğvor islohotlar Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş ğoyasiga borib taqaladi. Prezidentimiz 2020-yilda “Öqituvçi va murabbiylar kuni”dagi nutqida maktabgaça taʼlim, maktab taʼlimi, oliy va örta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bölğusi Renessansning tört uzviy halqasi deb atagan edi. Boğça tarbiyaçisi, maktab muallimi, professor-öqituvçilar va ilmiy-ijodiy ziyolilar esa yangi Uyğoniş davrining tört tayanç ustuni sifatida eʼtirof etilgan. Natijalar raqamlarda ham körinadi: sönggi sakkiz yilda boğçalarda örinlar soni 2,5 milliontaga köpaytirilib, maktabgaça taʼlim qamrovi 78 foizga yetdi.
Oliy taʼlim uşbu zanjirning hal qiluvçi halqasidir. Boğçada uyğongan qiziqiş va maktabda şakllangan bilim universitetda kasbiy salohiyatga aylanadi.
Ajdodlar merosi – zamonaviy tafakkur manbai
Maktubda Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy va Mahmudxöja Behbudiy singari buyuk ajdodlarimiz merosiga murojaat qilinişi bejiz emas. Ularning ilmiy va maʼnaviy faoliyatini zamonaviy ilm-fan metodologiyasi nuqtai nazaridan örganiş ham muhim ahamiyatga ega.
Imom Buxoriy hadislarni jamlaşda har bir roviyning işonçliligini sinçiklab tekşirgan. Bu usul bugungi ilmiy tadqiqotlardagi axborot verifikatsiyasi va dalillarga asoslangan tahlil tamoyillarini yodga soladi.
Abu Rayhon Beruniy toğ çöqqisidan ufqni kuzatiş usuli bilan yer radiusini hisoblagan, uning natijasi hozirgi ölçovlarga juda yaqin çiqqan. Olimning metall va minerallar soliştirma oğirligini aniqlaş borasidagi tadqiqotlari matematik tafakkur va empirik kuzatuvning yuksak namunasidir.
Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari Yevropa universitetlarida bir neça asr davomida asosiy darslik bölgan. Olim dorilarning taʼsirini tajribada sinaş qoidalarini işlab çiqqan. Bu meros tajriba, kuzatuv va tizimli bilimning inson hayotidagi ahamiyatini namoyon etadi.
Mirzo Uluğbek mingdan ortiq yulduzning osmondagi örnini körsatuvçi “Ziji Köragoniy” jadvalini tuzgan. U yulduz yilining davomiyligini 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya deb hisoblagan. Bu natija zamonaviy asboblar yordamida aniqlangan körsatkiçdan bir daqiqaga ham yetmaydigan farq qiladi. Uluğbek merosi ilmiy aniqlik, matematik modellaştiriş va maʼlumotlarni tizimlaştiriş madaniyatining tarixiy namunasidir.
Alişer Navoiy “Muhokamat ul-luğatayn” asarida ona tilimizning boy imkoniyatlarini ilmiy asoslab bergan, madrasa va şifoxonalar qurdirgan. Mahmudxöja Behbudiy yangi usuldagi maktablar oçib, ular uçun darsliklar yozgan, “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnalini naşr etgan. Ularning faoliyati jamiyat taraqqiyotida intellektual muhit beqiyos örin tutişini körsatadi.
Bugungi iqtisodiyot ham ana şu fundamental tamoyillarga – işonçli axborot, aniq hisob-kitob, tanqidiy tafakkur va ilmiy asoslangan qarorlarga tayanadi. Sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar va raqamli texnologiyalar davrida ajdodlarimizning ilmiy izlaniş madaniyati yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Talabalar uçun xulosa oddiy: har bir raqamni manbaga qarab tekşiriş, har bir xulosani dalilga asoslaş – Buxoriy va Beruniy anʼanasini bugungi kunda davom ettirişdir.
Isteʼdod – strategik resurs
Har qanday buyuk kaşfiyot, ilmiy yutuq yoki texnologik yangilik zamirida uzoq yillik mehnat, izlaniş va töğri yönaltirilgan isteʼdod turadi. Maktubda bu haqiqat sodda ifodalangan: olimlar, ixtiroçilar, çempionlar öz-özidan paydo bölmaydi.
Maktubda yoş avlodni tarbiyalaş jarayoni boğbonning nihol parvarişlaşiga qiyoslanadi. Boğbon niholni bugun eksa, mevasini yillar ötib teradi. Iqtisodçi tilida aytganda, bu – natijasi uzoq muddatda namoyon böladigan investitsiya. Inson kapitali ham qisqa muddatda şakllanmaydi. U oila, maktab, universitet va jamiyatning uzluksiz hamkorligi natijasida rivojlanadi.
Prezidentimiz maktubda ön yil oldin iqtidorli bolalarni tarbiyalaşga kirişilganini va bugun uning dastlabki natijalari körinayotganini taʼkidlaydi. Prezident maktablari, ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari, xalqaro taʼlim dasturlari va iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari mamlakat intellektual salohiyatini oşirişga qaratilgan uzoq muddatli investitsiyalardir. Yoşlarimizning xalqaro fan olimpiadalaridagi ğalabalari, 2022-yilda Jahon şaxmat olimpiadasida erişilgan oltin medal, nufuzli xorijiy universitetlardagi tahsili uşbu saʼy-harakatlarning samarasini körsatmoqda.
Oliy taʼlim muassasalarining vazifasi maktabda şakllangan isteʼdodni yanada rivojlantiriş, uni ilmiy kaşfiyot, innovatsion mahsulot va amaliy iqtisodiy qiymatga aylantiriş uçun zarur muhit yaratişdan iborat. Olimpiada ğolibi bölgan abituriyent universitetda oddiy maʼruzalar bilan çeklanib qolsa, uning salohiyati röyobga çiqmaydi. Şuning uçun iqtidorli talabalarni birinçi kursdanoq ilmiy tadqiqotlarga, startap loyihalariga va xalqaro akademik dasturlarga jalb etiş universitetlar faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri bölişi lozim.
Sunʼiy intellekt va mustaqil tafakkur
Maktubda zamonaviy texnologiyalar haqida bildirilgan mulohazalar ham alohida eʼtiborga molik. Davlatimiz rahbari yoşlarning vaqti, eʼtibori va imkoniyatlarini öğirlaydigan texnologiyalar köpayayotganidan ogohlantiradi. Şu bilan birga, gadjetlar va sunʼiy intellektdan unumli foydalaniş, ammo ularga qaram bölib qolmaslik kerakligini uqtiradi. Prezidentimiz yoşlikda olingan bilim toşga öyilgan naqş kabi öçmasligini taʼkidlaydi. Maktubda keltirilgan “Oltin zanglamas” maqoli ham şu fikrni töldiradi: çinakam bilim va maʼrifat heç qaçon qadrini yöqotmaydi.
Bugun insoniyat axborot tanqisligi emas, balki axborotning haddan taşqari köpligi şaroitida yaşamoqda. Bunday muhitda eng qimmatli intellektual könikma maʼlumotni topiş emas, balki uni saralaş, tahlil qiliş va töğri xulosa çiqariş qobiliyatidir.
Sunʼiy intellekt katta hajmdagi maʼlumotlarni qisqa vaqtda qayta işlaş, murakkab iqtisodiy jarayonlarni modellaştiriş va prognozlaş imkonini bermoqda. Biroq texnologiya insonning mustaqil tafakkuri, ijodkorligi va axloqiy masʼuliyati örnini egallay olmaydi. Kurs işini sunʼiy intellektga yozdirib topşirgan talaba baho olişi mumkin, lekin bilim olmaydi.
Maktubdagi “Til bilgan – el biladi” hikmati ham raqamli davrda yangiça maʼno kasb etmoqda. Ilmiy maʼlumotlar va axborot manbalarining katta qismi xorijiy tillarda. Til bilgan talaba ularni bevosita öqiydi, xalqaro ilmiy hamkorlikda iştirok etadi va jahon mehnat bozorida munosib örin egallaydi.
Vaqt – qayta tiklanmaydigan iqtisodiy resurs
Maktubning eng taʼsirçan jihatlaridan biri vaqt qadri haqidagi mulohazalardir. Nabirasining “Bobojon, hozir sizga nima köproq yetmaydi?” degan savoliga Prezidentimiz “Vaqt yetmaydi, vaqt!” deb javob beradi. Davlatimiz rahbari xalqi tunda osuda uxlaşi uçun özi har doim bedor bölişi kerakligini yozadi. Bu sözlar zamirida xalq oldidagi ulkan masʼuliyat va har bir imkoniyatdan unumli foydalanişga intiliş mujassam.
Iqtisodiyot nazariyasida vaqt çeklangan resurs sifatida qaraladi. Undan foydalaniş samaradorligi esa muqobil imkoniyat qiymati tuşunçasi bilan çambarças boğliq. Har bir tanlov insonning boşqa bir imkoniyatdan voz keçişini anglatadi. Kuniga bir soatni maqsadsiz ötkazgan talaba tört yilda 1400 soatdan ortiq vaqtni boy beradi. Bu vaqtga bitta xorijiy tilni örganiş yoki bir neça ilmiy maqola yoziş mumkin edi.
Muvaffaqiyatsizlik – taraqqiyotning yakuni emas
Prezidentimiz fikriça, hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, yiqilgan taqdirda ham kuçini töplab, qayta tura bilişdadir.
Har qanday taraqqiyot jarayoni muayyan tavakkalçilik, noaniqlik va xatolar bilan keçadi. Bu qonuniyat tadbirkorlik va innovatsion faoliyatda ayniqsa yaqqol namoyon böladi. Köplab innovatsion ğoyalar dastlab kutilgan natijani bermaydi. Biroq muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qiliş, xatolardan xulosa çiqariş va yondaşuvni takomillaştiriş keyingi yutuqlar uçun zamin yaratadi.
Imtihondan ötolmagan, öqişga kirolmagan, grant tanlovidan ötolmagan yoki ilk startapi iş bermagan talaba uçun maktubdagi “Heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!” degan sözlar ayniqsa qadrli.
Halollik – iqtisodiy munosabatlarning maʼnaviy kapitali
Maktubda Prezidentimiz odamiylikni insonning asl ziynati deb taʼriflaydi. Uşbu qadriyatlar nafaqat maʼnaviy, balki iqtisodiy ahamiyatga ham ega.
Institutsional iqtisodiyotda özaro işonç jamiyatning ijtimoiy kapitali sifatida qaraladi. Işonç darajasi yuqori bölgan muhitda iqtisodiy munosabatlar barqarorlaşadi, bitimlar bilan boğliq xarajatlar kamayadi, tadbirkorlik va investitsiya faolligi uçun qulay şaroit vujudga keladi. Oddiy misol: inson öz jamğarmasini bankka faqat unga işongandagina topşiradi.
Ayniqsa, moliya, bank, audit va davlat boşqaruvi sohalarida kasbiy halollik institutsional barqarorlikning muhim şartidir. Iqtisodçining bilimi qançalik yuksak bölmasin, agar u axloqiy masʼuliyat va halollik bilan uyğunlaşmasa, jamiyat uçun kutilgan samarani bermaydi.
Universitet – kelajak oldidagi masʼuliyat maskani
Mazkur maktub oliy taʼlim muassasalari oldiga qator strategik vazifalarni qöyadi. Avvalo, taʼlim va tarbiyaning uzviyligini taʼminlaş, talabalarda kasbiy bilim bilan bir qatorda fuqarolik masʼuliyatini şakllantiriş. Iqtidorli yoşlarni ilmiy tadqiqotlar, innovatsion işlanmalar va amaliy loyihalarga keng jalb etiş.
Xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş kompetensiyalarini taʼlim jarayoniga çuqur integratsiya qilişdir.
Şu bilan birga, mustaqil fikrlaş, vaqtni boşqariş, tadbirkorlik va innovatsion taşabbuslarni rağbatlantiruvçi akademik muhitni rivojlantiriş hamda bölajak mutaxassislarda kasbiy etika, halollik va ijtimoiy masʼuliyat tamoyillarini mustahkamlaş.
Şu maʼnoda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi uçun mazkur vazifalar zamonaviy iqtisodçi kadrlarni tayyorlaşning ustuvor yönalişlaridir.
Bir maktubda mujassam kelajak falsafasi
Prezidentimizning Iordaniyaga taşrifi davomidagi uşbu maktubning eng katta maʼnaviy qimmati şundaki, unda davlat rahbarining strategik tafakkuri va boboning samimiy mehri, tarixiy xotira va kelajakka işonç, milliy qadriyatlar va zamonaviy taraqqiyot ğoyalari uyğunlaşgan.
Maktub söngidagi “Ilohim, kamolingni, iqbolingni körib yuraylik!” degan duo har bir ota-ona, ustoz va murabbiyning qalb tilagi bilan hamohangdir. Zero, farzandlar kamoloti – millat kamoloti, avlodlar iqboli esa Vatan istiqbolidir.
Qönğirotboy ŞARIPOV,
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori.
ÖzA



