Prezident maktubi: yoşlarga ilm va vatanparvarlik daʼvati

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi hamda Yoşlar masalalari böyiça komissiyasi hamkorligida ötkazilgan “Yoş avlodlarga murojaat: vatanparvarlik, ilm-maʼrifat va insoniy fazilatlar tarbiyasi” mavzusidagi oçiq muloqotda ham uşbu maktub mazmuni va ahamiyati haqida söz yuritildi.
Muloqot davomida yurtimizda yoş avlodning sifatli taʼlim olişi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşi, isteʼdod va salohiyatini röyobga çiqarişi uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar eʼtirof etildi.
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining bolalik xotiralari asosida bugungi avlodga yetkazgan fikr-mulohazalari yurtimizda inson qadrini uluğlaş, bolalarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş borasidagi islohotlar mohiyatini özida yaqqol namoyon etadi. Butun Özbekiston yoşlariga qaratilgan samimiy tilak va hayotiy nasihatlar yoşlarda milliy ğurur va iftixor, ilm-maʼrifatga intiliş, halollik va mehnatsevarlik kabi yuksak fazilatlar böy körsatişiga zamin böladi.

— Prezidentimizning suyukli nabirasiga bitilgan maktubini öqir ekanman, unda bobolarga xos samimiy mehr, çuqur hayotiy tajriba va yuksak tarbiya namunasini kördim, — deydi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi aʼzosi Madina Baratova. — Undagi har bir fikr, har bir ögitda farzand va nabiralar kelajagiga bölgan çeksiz mehr, ularning kamolini köriş istagi mujassam. Davlatimiz rahbarining “Men qaysi lavozimda faoliyat yuritmay – deputatmi, hokimmi, Boş vazirmi yoki davlat rahbarimi, hamişa xalq oğirini yengil qiliş, muşkulini oson etişni asosiy maqsad, öz hayotimning maʼno-mazmuni, deb bilganman”, degan sözlari xalq manfaatlariga xizmat qiliş, yurt taraqqiyoti va aholi farovonligini taʼminlaş har bir rahbarning eng muhim burçi ekanini yana bir bor anglatadi. Bu fikrlar barçamizni öz işimizga yanada masʼuliyat bilan yondaşişga, xalq manfaati yölida faol va taşabbuskor bölişga çorlaydi.

Muloqot davomida söz olgan yoşlar Prezident maktubidan olgan taassurotlari, unda ilgari surilgan ezgu ğoya va taşabbuslarning yoşlar hayotidagi ahamiyati xususida öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Maktubdagi ğoyalar ularni yangi marralar sari undagani, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va vaqtni qadrlaşga çorlaganini qayd etdi.
Şuningdek, yoşlar örtasida Prezident maktubining mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş, ularni ilm-maʼrifatga intilişga undaydigan taşabbuslarni köpaytiriş, şuningdek, maktubda ilgari surilgan yuksak insoniy fazilatlarga amal qiliş lozimligi taʼkidlandi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA



