ÖzLiDeP faoliyatida yangi bosqiç boşlanmoqda

Unda partiyaning viloyat, şahar va tuman Kengaşlari vakillari, mahalliy Kengaşlardagi partiya deputatlik guruhlari aʼzolari hamda delegatlari iştirok etdi.
Konferensiyada partiyaning kelgusi faoliyati, ustuvor vazifalari va yangi siyosiy Dasturini işlab çiqiş yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, bugun Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jamiyat hayotining barça sohalarida tub özgarişlarga zamin yaratmoqda. Iqtisodiyotni liberallaştiriş, tadbirkorlik va xususiy mulkni qöllab-quvvatlaş, aholi farovonligini oşirişga qaratilgan işlar siyosiy partiyalar oldiga ham zamon talablariga mos yangi vazifalarni qöymoqda.
Navbatdagi Kongress kun tartibidan partiya faoliyatining bir qator muhim yönalişlarini takomillaştirişga qaratilgan masalalar örin olgan. Jumladan, partiyaning mafkuraviy qaraşlarini davr talablariga muvofiq takomillaştiriş asosiy masalalardan biridir. ÖzLiDeP taşkil topganidan buyon liberal ğoyalar, tadbirkorlik, xususiy mulk va mulkdorlar manfaatlarini himoya qilişni ustuvor vazifa sifatida belgilab kelmoqda. Bugungi keng kölamli özgarişlar esa uşbu mafkuraviy asoslarni saqlagan holda partiyaning ijtimoiy qamrovini kengaytirişni taqozo etmoqda.
Partiyaning yangi siyosiy Dasturini işlab çiqiş ham bugungi asosiy vazifalardan biriga aylangan. Dasturda mamlakatimizdagi islohotlar surʼati, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş, investitsiyalarni jalb qiliş, mahallani rivojlantiriş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş kabi ustuvor masalalar öz aksini topişi közda tutilmoqda. Şuningdek, jamiyatning keng qatlamlari manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan yangi taşabbuslar ham dasturdan örin oladi. Dasturni şakllantirişda partiyaning quyi böğinlari, deputatlar, tadbirkorlar, fermerlar, yoşlar va xotin-qizlarning takliflariga tayanilayotgani hujjatning hayotiyligi va amaliy ahamiyatini oşirişga xizmat qiladi.
[gallery-32712]
Şuningdek, hududiy partiya taşkilotlari va mahalliy Kengaşlardagi deputatlik guruhlari hamkorligini kuçaytiriş, joylardagi muammolarni tegişli ijro hokimiyati organlari oldiga qöyiş va ularning yeçimi ustidan deputatlik nazoratini kuçaytiriş közda tutilmoqda.
Konferensiyada navbatdagi Kongressda iştirok etiş uçun delegatlar saylandi.
A.Böriyev, S.Aslonov (surat), ÖzA muxbirlari



