Yangi Siyosiy dastur qanday ğoyalar asosida şakllantirilmoqda?

Konferensiyalarda partiya faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, elektorat bilan işlaşni kuçaytiriş va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, partiyaning yangi Siyosiy dasturini işlab çiqiş, uni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar mazmuniga moslaştiriş kabi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Konferensiyalar davomida partiya faollari tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş, yangi iş örinlari yaratiş, fermerlar va işbilarmonlarni qöllab-quvvatlaş, yoşlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş böyiça takliflar bildirilmoqda.

Şuningdek, partiya elektoratini kengaytiriş, ularning muammo va takliflarini partiya faoliyatida aks ettiriş, yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş lozimligi qayd etilmoqda. Bugungi taraqqiyot jarayonlarida tadbirkorlar bilan bir qatorda fermerlar, işçi-xodimlar, yoşlar, xotin-qizlar, nuroniylar, ziyolilar va boşqa soha vakillarining ham manfaatlarini ifoda etiş muhimligi urğulanyapti.
Şulardan kelib çiqib, partiyaning yangi Siyosiy dasturi yuzasidan takliflar muhokama qilinmoqda.
M.Komilova,
ÖzA



