23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Qirğiziston va Qozoğiston çegarasida transport qatnovi bir yildan ortiq muddatga töxtatiladi

Jahon 23.11.2026 14:54 0Uza
Qirğiziston va Qozoğiston çegarasida transport qatnovi bir yildan ortiq muddatga töxtatiladi

Maʼlum qilinişiça, 23-noyabrdan joriy etilgan çeklovga Qozoğiston tomonidagi “Sipatay Botir” avto yöl ötkaziş manzilida joriy quriliş işlari olib borilayotgani sabab sifatida körsatilgan.

25-noyabr kuni Bişkek vaqti bilan soat 01:00 dan boşlab uşbu majmua orqali yengil va yuk maşinasi, şuningdek avtobus harakati har ikki yönalişda töliq töxtaydi. Fuqarolar çegarani piyoda kesib ötişi mumkin. Qozoğiston tomoni dastlabki maʼlumotiga köra, transport qatnovi 2027-yil oxirida qayta tiklanişi rejalaştirilgan.

Bu davr oraliğida haydovçi va yölovçilar Çuy viloyatidagi “Oq-Jol”, “Oq-Tilek”, “Ken-Bulun” va “Töqmoq” nazorat-ötkaziş maskanlari orqali çegaradan ötişi mumkin.

F.Yaxşiboyeva, ÖzA

O‘xshash yangiliklar