Reuters: Si Szinpin Tramp va Putin bilan uçraşuvdan keyin öz pozitsiyasini mustahkamladi

ATES sammitidagi muzokaradan söng Pekin AQŞning asosiy talabi böyiça yangi muhim yon beriş bölmaganini eʼlon qildi.
– Ular Xitoy Kommunistik partiyasi va Si Szinpinning maqsadi – jarayonni çöziş va muzokarani davom ettirişga erişdi, xolos, – dedi Milliy Sun Yatsen universiteti Xitoy va Osiyo-Tinç okeani tadqiqoti instituti direktori Go Yuyjen.
– Xitoy, jumladan, AQŞning Tayvan böyiça pozitsiyasi va texnologik embargoni yumşatiş borasida qöşimça qulay maydonni qölga kiritdi, – deya taʼkidladi “Eurasia Group” Xitoy böyiça direktori Den Van. – Strategik jihatdan AQŞ haqiqatan heç narsaga erişa olmadi.
Tramp va Si Szinpin dekabr oyida Mayamidagi G20 sammitida yana uçraşişi va 10-yanvarda tugaydigan savdo sulhi muddatini uzaytiriş masalasini muhokama qilişi kutilyapti.
S.Rahimov, ÖzA



