Sudan poytaxtida dron hujumi tufayli 4 kişi halok böldi

“Sudan Tribune” gazetasi yozişiça, Xartumdan şimoli-ğarbda joylaşgan Omdurman tumanida bir oilaning uç aʼzosi hayotdan köz yumgan. Poytaxt janubidagi Jabol Avliyo hududida esa 10 yoşli bola qurbon bölgan. Bir neça kişi jarohatlangan.
Mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimi poytaxt osmonidagi ayrim dronlarni urib tuşirgani xabar qilindi. Sudandagi BMT gumanitar masalalar böyiça doimiy koordinatori Deniz Braun yozma bayonotida uşbu harbiy amaliyot qoralanib, voqea begunoh aholi vakillari ölimiga sabab bölgani keltirilgan.
Aholi yaşaydigan hududda joylaşgan BMT binolaridan biri ham zarar körgan. Portlaş çoği bino içida taşkilot xodimlari ham bor edi. Braun qurolli mojaro davomida oddiy aholiga hujum qiliş xalqaro huquq meʼyoriga zidligini taʼkidlagan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA



