23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub

Siyosat 23.11.2026 19:08 0Uza
Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub
Assalomu alaykum, közimning oqu qorasi, umrimning davomçisi bölgan nabiram!

Mana şu daqiqalarda biz Iordaniya davlatiga, buyuk payğambarlar yurtiga, xususan, Muhammad sallollohu alayhi vasallam avlodlari bölgan Hoşimiylar Qirolligiga taşrif bilan ketmoqdamiz.

Image

Uşbu muqaddas safar davomida, qalbimni Vatanimizga mehr, soğinç tuyğulari qamrab olgan damlarda sen, aziz bolamga eng ezgu va samimiy tilaklarimni yöllaşga qaror qildim.

Albatta, bunday olis safarlar har qanday odamni ham toliqtiradi. Ammo meni hamişa yölimga közi tört bölib kutadigan yaqinlarimni, duolar bilan qöllab-quvvatlab kelayotgan xalqimni yodga olsam, barça çarçoqlarim bir zumda bulutdek tarqab ketadi.

Ertalab xayrlaşiş paytida bolalarça soddalik bilan: “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” deb sörading. Şoşib turganim uçun bu savolingga tuzukroq javob berolmadim. Biroq şu gaping fikru xayolimni band qilib turibdi. 

Bolajonim, seni qançalik yaxşi körişimni bilasan. Lekin taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak.

Men qaysi lavozimda faoliyat yuritmay – deputatmi, hokimmi, boş vazirmi yoki davlat rahbarimi, hamişa xalq oğirini yengil qiliş, muşkulini oson etişni asosiy maqsad, öz hayotimning maʼno-mazmuni, deb bilganman.

Umrimni elu yurt xizmatiga baxş etişdan bir lahza bölsin afsuslanmadim. Hayotda çiqargan eng katta xulosalarimdan biri şuki, bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra aʼlo va afzal iş yöq.

Tez-tez özga yurtlarga yöl olişim ham – sizlarning, köpmillatli xalqimizning tinç, tökis va tökin yaşaşini istaganim tufaylidir. Sizlar maktabda yaxşi öqib, aqlli, bilimdon bölib voyaga yetişingiz uçun ham dunyo kezişimga, yangi-yangi hamkorlar topişimga töğri keladi.

Biroz ulğaysang, bu gapimning, umuman, quyida bayon etadigan mulohazalarimning maʼnosini özing anglaysan.

Qadrli nuridiydam!

Bizning bolaligimiz juda maşaqqatli keçgan, suyagimiz qotmasdan kattalar bilan baravar mehnat qilişga majbur bölganmiz. 

Sening yoşingda yozning jaziramasida ğöza çopib, izğirin sovuqda paxta terganman. Maktabda ön yil öqigan bölsam, şuning deyarli yarmi dalada ötgan. Qiyinçiliklar bizni erta ulğaytirgan.

Bunday azoblarni sizlarga, xalqimning barça farzandlariga aslo-aslo ravo körmayman. Şuning uçun Prezident bölganimdan söng birinçi galda bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim. 

Öğil-qizlarimiz munosib unib-ösişi uçun buning özi yetarli emas, albatta. Hozir qişloğu şaharlarda zamonaviy boğça va maktablar quryapmiz. Sizlar uçun yaxşi darsliklar yaratiş, bilimdon öqituvçilar tayyorlaşga intilyapmiz.

Xullas, sizlar baxtli, tökis va farovon yaşaşingiz uçun nimaiki lozim bölsa, hammasini qilamiz.

Ayni paytda, yetuk inson bölib ulğayiş, avvalo, özingizga, iroda va sabot-matonatingizga boğliq. Buning uçun barça fanlarni qunt bilan özlaştirib, qobiliyatingizni töliq yuzaga çiqarişga intilişingiz kerak.

Unutma, sizlar öz aql-zakovati bilan dunyoni özgartirgan, insoniyatga ustozlik qilgan ne-ne buyuk zotlarning avlodisiz.

Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy, allomalar sardori Abu Rayhon Beruniy, tibbiyot ilmida inqilob yasagan Abu Ali ibn Sino, osmon toqiga narvon qöygan Mirzo Uluğbek, ona tilimizda beqiyos durdona asarlar yaratgan Alişer Navoiy, jaholat zulmatini maʼrifat nuri bilan yoritgan Mahmudxöja Behbudiy..., eh-he, uluğ bobolarimizning qay birini sanay! Ular şu qadar köpki, nomlarining öziyoq jild-jild kitoblarga jo böladi.

Muxtasar aytsam, Vatanimizning har bir qariç yerida buyuk olimu fozillar, aziz-avliyolar, mard va jasur sarkardalarning muborak xoki yotibdi. Ularning mamlakatimiz tarixidagi örni, olamşumul xizmatlari haqida senga mavridi kelganda, albatta, sözlab beraman.

Yurtimizdagi millionlab öğil-qizlarimizning qalbida ham daholar, ularning ölmas ruhi yaşayotganiga imonim komil. Faqatgina bu farzandlarimizning iqtidorini vaqtida uyğotib, parvarişlay olsak bas.

“Asling – nasling”, deyişadi. Astoydil harakat qilsangiz, sizlar ham donişmand bobolarga munosib voris bölib yetişasiz. Atrofingga nazar solsang, bunga istagança dalil topişing mumkin.

Mana, qança öğil-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida ğolib bölib kelyapti.

Qança yoşlarimiz xorijdagi eng nufuzli universitetlarda tahsil olyapti.

Yana qança navqiron farzandlarimiz fanning turli yönalişlarida kaşfiyot va ixtirolar qilmoqda.

Şaxmatçi yigit-qizlarimiz jahon birinçiliklarida zafar qozonib, Yangi Özbekiston yoşlari naqadar uluğ işlarga qodir ekanini isbotlamoqda, taʼbir joiz bölsa, şaxmat tarixini qayta yozmoqda.

Bilginki, olimlar, ixtiroçilar, çempionlar öz-özidan paydo bölmaydi. Boğbon özi ekkan nihol ösib, mevaga kirguniga qadar neça yil ter tökib mehnat qiladi. Zukko, bilimli, hunarli yoşlarni voyaga yetkaziş ham ana şunday maşaqqatli iş, masʼuliyatli yumuşdir.

Biz ön yil burun hamma sohada iqtidorli bolalarni tarbiyalaşga kirişgan edik. Bugun ana şu işlarimizning dastlabki umidbaxş natijalarini körib turibmiz.

Aziz dilbandim!

Sizlarga Özbekistondek ozod va obod yurtda tuğilmoq, yaşamoq baxti nasib etdi. Ona Vatanimiz çindan ham jannatmonand yurt! Akademik şoirimiz Oybek Özbekistonimizni tuproğida oltin gullaydigan ölka, deb taʼriflaganida yuz karra haq edi.

Özbekiston deb atalgan, uç ming yildan ziyod davlatçilik tarixiga ega bölgan mamlakat farzandi, özbek degan uluğ millat öğloni ekaningdan hamişa ğurur, iftixor tuyib yaşagin, bolam!

Yurt kelajagi sen kabi millionlab yoşlarga boğliq ekanini aslo unutma! Ilm-maʼrifat örganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir.

Yodda tutginki, yoşlikda olingan bilim xuddi toşga öyilgan naqş kabi sira öçmaydi, baxtli, kuçli va barkamol inson bölib hayot keçirişing uçun butun umr senga hamrohu hamnafas böladi.

Töğri, bugun sen va sen mansub bölgan avlodni mutolaadan çalğitadigan maşğulotlar, vaqti, eʼtibori va imkoniyatlarini öğirlaydigan texnologiyalar köpaymoqda.

Zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellektdan unumli foydalan, ammo ularga qaram bölib qolişdan ehtiyot böl!  

“Oltin zanglamas” deganlaridek, çinakam bilim va maʼrifat heç qaçon öz qadr-qimmatini yöqotmaydi.

Ilm-fan yangiliklarini sinçkovlik bilan kuzatib, ularning mohiyatini anglaşga harakat qil!

Til bilgan – el biladi, xorijiy tillarni özlaştirişga rağbatingni aslo susaytirma! 

Har kuni bilim olişga, yangi könikma va tajriba orttirişga harakat qil! Biror işga qöl ursang, uni albatta oxiriga yetkazgin. Bugungi işni aslo ertaga qoldirma!

Pahlavon bolam!

Sen dunyoga kelgan kuningdan buyon qalbimizga olam-olam quvonç baxş etmoqdasan. Ilk bor tetapoya qilib yurganing, tiling çiqib, biyron-biyron sözlay boşlaganing, qisqasi, har bir olğa taşlagan qadamingni çeksiz şodlik va ulkan ğurur bilan kuzatamiz. Şunday kezlarda “danagidan mağzi şirin” degan ibora qançalik töğri ekaniga takror-takror amin bölaman.

Asta-sekin hayotingdagi muhim davrlarga kirib bormoqdasan. Fursatdan foydalanib, senga vaqtning qadri xususida ham ikki oğiz nasihat qilişni lozim topdim.

Mendan “Bobojon, hozir sizga nima köproq yetmaydi?” deb sörasang, heç ikkilanmay “Vaqt yetmaydi, vaqt!” deb javob beraman. Ongu tafakkurimni jonajon yurtimizni yanada yuksaltirişga qaratilgan köp-köp yangi ğoyalar, ilğor taşabbuslar band etgan. Afsuski, ularning barini yuzaga çiqarişga vaqt kamlik qilyapti. Şu sababli, kam uxlab, köp işlaşga töğri kelmoqda. Yaratgan Egam zimmamga şunday ulkan masʼuliyatni yuklagan ekan, şirin uyqudan, halovatdan voz keçmasam bölmaydi. Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men har doim bedor bölmoğim kerak, axir!

Unutma, vaqt şunday boylikki, uning bahosi yöq. Uni ortga qaytariş, tiklaş ham imkonsizdir. Şunday ekan, har bir daqiqani ğanimat bil!

Yana bir gapni aytmasam bölmaydi, bolajonim! Hayotda könglingga tukkan işlaring har doim ham tez va soz amalga oşmasligi, gohida omad yuz ögirişi ham mumkin. Şunday pallalarda şoşqaloqlik va umidsizlikdan yiroq bölib, sabr va irodaga suyanmoq lozim.

Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu – muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!

Ezgu niyat, qatʼiy amal va gözal fazilatlar bilan yaşasang, aslo kam bölmaysan. Ilm-maʼrifat va qatʼiy intizomga tayangan mehnat esa noningni butun, el-yurt orasida nomingni aziz qiladi. 

Suyukli nabiram!

Men har gal özga yurtlarda safarda yurganimda sizlarni, Özbekistonni juda soğinaman. Bamisoli daryo sohilidan toşgandek, soğinç qalbimdan toşganda bayroğimizga qarayman.

Bayroq – Vatanimiz, milliy ğururimiz timsoli. Kindik qoni tökilgan yurtni sevgan inson uning ramzlarini ham köz qoraçiğidek asrab-avaylaydi.

Men Özbekistonda ösib-ulğayib kelayotgan har bir bola ona diyorimizni çin dildan yaxşi körişi, bayroğimizni or-nomusimiz va şarafimiz ramzi sifatida qadrlab, uni hamişa baland kötarişini istayman.

Sen ham kelajakda qaysi kasb-korni egallaşingdan qatʼi nazar, Vatanga naf keltirmoqqa, el koriga yaramoqqa intil!

Işonçim komil, bugun biz amalga oşirayotgan ulkan islohotlar Yangi Özbekistonimiz dunyoning eng rivojlangan davlatlari safiga kirişi uçun mustahkam zamin böladi.

Oldimizga qöygan yuksak marralar, uluğvor maqsadlarga erişiş butun xalqimiz bir tanu bir jon bölib harakat qilişi, millat va davlat yakdilligini talab etadi. Bu yölda sizlar ham özingizning bor aql-zakovatingiz va kuç-ğayratingizni işga solib, astoydil harakat qilişingiz kerak.

Odamiylik – insonning asl ziynati. Har qanday vaziyatda ham inson bölib qolmoq muhimdir. Mardlik, oriyat, vatanparvarlik, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, olijanoblik kabi fazilatlaringni gavhar kabi asrab-avaylagin!

Ismi jismiga monand bek öğlim!

Könglimda senga aytadigan gaplarim köp, ammo davlat işi bilan boğliq vazifalar bois maktubimni hozirça şu yerda töxtatişga majburman.

Sen ham, tengdoşlaring ham bir narsani doimo yodingizda tuting: sizlar bobo-buvilaringiz, ota-onangizning köz qaroği, bebaho boyligisiz.

Mening öz fikrlarim yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir.

Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir.

Sizlarni juda soğinganman. Nasib etsa, tez orada diydorlaşamiz.

Baxtimizga hamişa soğ-omon bölgin!

Ilohim, kamolingni, iqbolingni körib yuraylik!

 

Prezident bobong Şavkat MIRZIYOYEV

O‘xshash yangiliklar