Toşkentda ozarbayjonlik rassom Intiqom Jafarovning "Suv va rang" körgazmasi oçildi

Bugun Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan rassomlik maktabida ozarbayjonlik rassom Intiqom Jafarovning “Dualizm — suv va rang” nomli şaxsiy körgazmasining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Körgazmaning oçiliş marosimida Badiiy ijodkorlar uyuşmasi raisi Ibrohim Valixöjayev, maktab direktori Umidjon Hakimov hamda rassomning döstlari sözga çiqib, Intiqom Jafarovning ijodiy yöli, öziga xos badiiy uslubi va inson sifatidagi fazilatlari haqida iliq fikrlar bildirdilar. Ular rassomning nafaqat ranglar orqali gözallik yaratiş mahoratini, balki öz xalqi tarixi, madaniyati va sanʼatiga bölgan yuksak ehtiromini ham alohida taʼkidladilar.
[gallery-32660]
Intiqom Jafarov ijodida akvarel texnikasi alohida örin tutadi. Maʼlumki, suvböyoqda ijod qiliş rassomdan katta mahorat, nozik did, sabr va aniqlikni talab etadi. Körgazmadan örin olgan asarlarda Ozarbayjonning betakror tabiati, qadimiy va zamonaviy şahar manzaralari, yangi qad rostlayotgan inşootlar, inson qiyofalari hamda ijtimoiy mavzular öziga xos badiiy talqinda aks etgan. Eʼtiborga molik jihati, körgazmada Özbekistonga bağişlangan asarlar ham mavjud. Toşkent va Samarqand manzaralari, Adiblar xiyoboni tasvirlangan kartinalar rassomning yurtimizga bölgan mehri va mamlakatimiz madaniy muhitiga bölgan qiziqişini namoyon etadi. Şuningdek, Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripov portretining yaratilgani ham rassom ijodida özbek adabiyoti va madaniyatiga bölgan hurmatning yorqin ifodasidir.
— Intiqom Jafarov biz uçun qadrli bölgan, Özbekistonga muntazam kelib turadigan ijodkorlardan biri. Uning öziga xos texnikasi bor. Akvarel, yaʼni suvböyoq bilan işlaş juda murakkab sanʼat. Bir xato qilsangiz, uni qayta özgartiriş imkoni bölmaydi. Şuning uçun ham bu yönalişda işlaş katta mahorat talab qiladi. Körgazmada haqiqatan ham öziga xos, çiroyli asarlar jamlangan – dedi, aktrisa Zamira Beşimova.
Darhaqiqat, Intiqom Jafarov ijodini faqat ranglar va tasvirlar uyğunligi bilan baholaş kamlik qiladi. Uning asarlarida insonga, ona Vatanga, tarix va madaniyatga bölgan muhabbat mujassam. Rassom uçun sanʼat — nafaqat gözallikni tasvirlaş, balki qalb keçinmalari, hayotiy qaraşlar va ezgu tuyğularni tomoşabinga yetkaziş vositasidir.
Munira Ramazonova,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, sanʼatşunos



