«Söğdiyona» kamer orkestri 35 yilligini tantanali nişonladi (foto)
Özbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Özbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi «Söğdiyona» xalq çolğulari kamer orkestri taşkil topganining 35 yilligiga bağişlangan «Qalblar hamohangligi» nomli konsert dasturi taşkil etildi.
Tadbirda Özbekiston davlat filarmoniyasi boş direktori Anvar Tojiboyev iştirok etib, jamoaga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning bayram tabrigini öqib eşittirdi va orkestrning milliy musiqa sanʼatini rivojlantirişdagi hissasini alohida eʼtirof etdi.
Yubiley keçasida sözga çiqqan sanʼat namoyandalari orkestr badiiy rahbari, sanʼat arbobi Firuza Abdurahimovaning köp yillik mehnati, jamoaning öziga xos ijro maktabi va badiiy qiyofasini şakllantirişdagi xizmatlarini taʼkidladilar.
Konsert dasturida Özbekiston xalq artistlari Ğulomjon Yoqubov, Furqat Aşuraliyev, Elmurod Ahmedov, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Mohiçehra Şomurodova hamda boşqa taniqli xonandalar öz çiqişlari bilan iştirok etdi.
Keça davomida özbek xalq kuy-qöşiqlari bilan bir qatorda hind, koreys, ozarbayjon va boşqa xalqlarning milliy musiqiy asarlari ham ijro etildi.



