23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Özbekiston ziyolilari kengaşining yiğilişi – minglab mulohaza, yagona maqsad

Madaniyat 23.11.2026 19:39 2Uza
Özbekiston ziyolilari kengaşining yiğilişi – minglab mulohaza, yagona maqsad

Kengaş yiğilişiga tayyorgarlik doirasida joriy yilning 10–14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida hududiy muloqotlar taşkil etildi. Ularda ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, tibbiyot, innovatsiya va jamoatçilik sohalari vakillari iştirok etdi.

Hududiy muloqotlar davomida 2 ming nafardan ortiq ziyolilar tomonidan 3 mingdan ortiq fikr-mulohazalar va mingga yaqin takliflar bildirildi. Har bir hududdan 15 nafardan, jami 210 nafar vakil respublika yiğilişida iştirok etiş uçun saralandi.

Ikki kun davom etadigan mazkur yiğilişda hududlardan saylangan 210 nafar delegat bilan birga, mamlakatimizning yetakçi olimlari, akademiklar, professorlar, şuningdek, maʼnaviyatçilar, xotin-qizlar va mahalla faollari iştirok etmoqda.

Kengaşning yalpi majlisi va yettita şöʼbasida milliy taraqqiyotimizning ğoyaviy, maʼnaviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Nigora Rahmonova,

Oybek Davronov (video),

Iskandar Ismatov (montaj), ÖzA

O‘xshash yangiliklar