23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Yangi Özbekiston ziyolilari yagona muloqot maydonida birlaşdi

Madaniyat 23.11.2026 19:02 0Uza
Yangi Özbekiston ziyolilari yagona muloqot maydonida birlaşdi

Tadbir iştirokçilari dastlab «Yangi Özbekiston» boğida, şuningdek, Yangi Toşkentda qad rostlagan Özbekiston Milliy kutubxonasining yangi majmuasida bölişdi.

Özbekiston ziyolilari kengaşining yiğilişida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva iştirok etdi.

Taʼkidlanganidek, mazkur kengaş mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, tibbiyot va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ziyolilarning intellektual salohiyati, boy tajribasi va taşabbuslarini umummilliy taraqqiyot maqsadlariga yönaltiriş, ularning davlat va jamiyat hayotidagi örnini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, milliy yuksalişni heç kim tayyor holda taqdim etmaydi. U xalqimizning öz mehnati, aql-zakovati va hamjihatligi bilan barpo etiladi. Bu yölda ziyolilarning öz bilim va tajribasi, kuç-ğayrati hamda intellektual salohiyatini safarbar etişi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kengaşning yalpi majlisi va yettita şöʼbasida milliy taraqqiyotimizning ğoyaviy, maʼnaviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, «Öz» falsafasining zamonaviy talqini, inson qadri va fuqarolik özligi, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, özbek tili va adabiyoti, raqamli taraqqiyot va mediamakon, milliy tarbiya va tarixiy xotira, madaniyat va kreativ iqtisodiyot, ilm-fan va taʼlim, innovatsion tibbiyot, yaşil taraqqiyot hamda tadbirkorlik kabi yönalişlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlaş joizki, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev tomonidan ziyolilar, olimlar va ijod ahlini qöllab-quvvatlaş, ularning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslarini davlat va jamiyat boşqaruvida inobatga oliş masalalariga doimo alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

[gallery-32674]

Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, «Ziyolilarimiz, olimlarimiz, ijodkorlarimiz — jamiyatimizning oltin fondi, xalqimizning maʼnaviy ustunidir. Ularning fikri, taklif va taşabbuslari biz uçun doimo muhim va qadrli».

Uşbu kengaş yiğilişiga tayyorgarlik doirasida şu yilning 10–14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida hududiy muloqotlar taşkil etildi. Ularda ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, tibbiyot, innovatsiya va jamoatçilik sohalari vakillari iştirok etdi.

Mazkur muloqotlarga ikki ming nafardan ortiq ziyoli jalb qilinib, ular tomonidan uç mingdan ziyod fikr-mulohaza va mingga yaqin taklif bildirildi. Bu esa jamiyatimizdagi intellektual salohiyat, ijodiy tafakkur va yangilanişga bölgan intilişning yaqqol ifodasidir.

– Qudratli davlat barpo etgan Amir Temur dunyoni lol qoldirgan saltanatida hamişa oqil kişilar bilan maslahatlaşişga odatlangan, – dedi Özbekiston Qahramoni, taniqli olim Şavkat Ayupov. – Bugungi uçraşuvimizning mohiyati ham ana şu köp asrlik qadriyat va anʼanalarning Yangi Özbekistonda qayta tatbiq etilişidir. Anjuman uçun muhtaşam Islom sivilizatsiyasi markazi tanlangani ham bejiz emas. Bu maskan Xorazmiy va Beruniy, Ibn Sino va Forobiy, Imom Buxoriy va Termiziy kabi uluğ allomalarimizning jahon ilm-faniga qöşgan beqiyos hissasi timsolidir. Uşbu tabarruk maskanda muhokamalar ötkazamiz. Yakunda har bir yönalişda işlab çiqilgan aniq tavsiyalarni umumlaştirib, taqdim etamiz.

Yiğilişning dastlabki qismida, şuningdek, Özbekiston Qahramoni Şavkat Ayupov, Samarqand davlat universiteti rektori, senator Rustam Xolmurodov, professor Nurislom Töxliyev, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, xattot Habibullo Solih, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoira Sayyora Samandar, ijtimoiy tarmoqlarda milliy mediakontentlar yaratuvçi Nodirbek Nişonov, aktyor Erkin Bozorov, şoira Mehrinoz Abbosova, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Almagul Bayriyeva sözga çiqdi.

[gallery-32675]

Ular mamlakatimizda keçayotgan yangilaniş va islohotlar jarayonida ziyolilar ham özlarining ötkir va taʼsirçan sözi, ibratli faoliyati hamda ezgu taşabbuslari bilan faol iştirok etişlari zarurligini taʼkidladilar.

Yiğiliş davomida hududiy muloqotlarda bildirilgan taklif va taşabbuslar, milliy taraqqiyotning ustuvor vazifalari yuzasidan fikr almaşiş davom etdi. Ikki kunlik yiğiliş yakunida ilgari surilgan takliflarni umumlaştiriş hamda ularni amalga oşiriş böyiça aniq vazifalarni belgilaş közda tutilgan.

Zero, milliy yuksalişning mustahkam poydevori bilimli, taşabbuskor, mustaqil fikrlaydigan va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusi bilan yaşaydigan ziyolilardir. Bu kabi muloqtlar ana şu salohiyatni yagona maqsad yölida birlaştiriş, ziyolilar sözini jamiyat va davlat hayotida yanada taʼsirçan kuçga aylantirişga xizmat qilişi aniq.

Nazokat USMONOVA,

Sarvar ÖRMONOV (surat), ÖzA

O‘xshash yangiliklar