25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Xalqparvar Prezident va mehribon bobo siymosi mujassam noma

Siyosat 25.11.2026 16:00 0Uza
Xalqparvar Prezident va mehribon bobo siymosi mujassam noma

Şu bois ham uşbu maktubning mazmuni, mohiyati xalqimiz va keng jamoatçilik vakillari tomonidan tahlil qilinib, iliq munosabatlar bildirilmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yoş deputatlaridan biri Şahnoza Xolmahamatova ham bu borada öz fikr-mulohazalarini bildirdi:

— Prezidentimizning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubini öqib, çuqur taʼsirlandim. Unda mehribon boboning samimiy tuyğulari, hayotiy tajribasi va davlat rahbarining xalq kelajagi oldidagi yuksak masʼuliyati özaro uyğun ifodalangan.

Ayniqsa, Şavkatbekning «Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?» degan beğubor savoliga berilgan javob eʼtiborimni tortdi. Bu savolda bolaning bobosiga bölgan soğinçi, javobda esa millionlab bolalarning ertangi kuni uçun qayğurayotgan davlat rahbarining masʼuliyati mujassam. Maktubning taʼsirçan jihati ham şunda — unda mehribon bobo va xalqparvar Prezident siymosi bir butun holda namoyon böladi.

Prezidentimizning paxta dalalarida keçgan bolalik yillari haqidagi xotiralari mamlakatimiz hayotida yuz bergan muhim ijtimoiy özgarişlarni anglaşga undaydi. Bir paytlar bolalikning katta qismi dalalarda ötgan bölsa, bugun bolalarning taʼlim olişi, isteʼdodini namoyon etişi va zamonaviy bilimlarni egallaşi uçun şaroit yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan.

Maktubda Imom Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy va Behbudiy kabi buyuk ajdodlarimiz merosiga murojaat qilinişi ham alohida ahamiyatga ega. Bu yoş avlodga tarixiy merosimiz bilan faxrlaniş bilan birga, unga munosib böliş masʼuliyatini ham eslatadi. Ajdodlar anʼanalarini davom ettiriş — ilm izlaş, yangilik yaratiş va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş demakdir.

Zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellektdan oqilona foydalaniş, biroq ularga qaram bölib qolmaslik haqidagi nasihat esa bugungi davr talablariga hamohang. Çunki kelajak avlodi texnologiyalardan şunçaki foydalanuvçi emas, balki ularni yangi bilimlar, innovatsiyalar va taraqqiyot manbaiga aylantira oladigan avlod bölişi kerak. Buning uçun mustaqil fikrlaş, mutolaa, xorijiy tillarni örganiş va uzluksiz izlaniş muhim.

Maktubda inson manfaatlarini islohotlar markaziga qöyiş ğoyasi ham yaqqol seziladi. Bolalar taʼlimi, yoşlarning salohiyatini röyobga çiqariş, milliy qadriyatlarni zamonaviy bilimlar bilan uyğunlaştiriş — mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotini belgilovçi strategik vazifalardir. Xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va Özbekistonning dunyodagi mavqeini mustahkamlaş borasidagi saʼy-harakatlar ham, mohiyatan, mamlakatimizning tinçligi, farovonligi va kelajak avlod imkoniyatlarini taʼminlaşga xizmat qiladi.

Ona sifatida maktubdan olgan eng muhim xulosam şuki, farzandga qoldiriladigan eng bebaho meros — bilim, mustahkam tarbiya, mustaqil tafakkur, insoniylik va Vatanga muhabbatdir. Bu qadriyatlar oilada şakllanadi, taʼlimda va jamiyat muhitida mustahkamlanadi, davlat yaratgan imkoniyatlar orqali röyobga çiqadi.

Menimça, uşbu maktubning eng katta maʼnaviy mohiyati şundaki, unda Prezident boboning nabirasiga bildirgan mehri orqali butun bir avlodga qaratilgan ezgu tilak va hayotiy saboq mujassam. Unda Vatanga muhabbat, ilmga intiliş, insoniylik va xalq taqdiri uçun masʼuliyat kabi qadriyatlar bir butun mazmun kasb etadi.

ÖzA muxbiri Muhtarama Komilova yozib oldi.

O‘xshash yangiliklar