Yaşil muhitni sifatli köçat va parvariş taʼminlaydi

Köçat ekib, boğ yaratiş xalqimizga xos ezgu anʼanalardan biri sanaladi. Bugun ham bu anʼana davom ettirilib, mamlakatimizda yaşil infratuzilmani rivojlantiriş, aholi uçun qulay ekologik muhit yaratiş va ekilgan daraxtlarning parvarişini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, hududlarda mikroörmonlar, kiçik jamoatçilik boğlari va soyali sayr köçalarini taşkil etiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Maʼlumki, ayni damda yurtimizning 12 ta hududida “Yaşil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi boşlangan. Unga köra, bu yilgi kuzgi mavsumda Toşkent şahrida 712 ming tup, Andijon viloyatida 10,7 million tup, Jizzax viloyatida 10,8 million tup va respublikamizning boşqa hududlarida ham daraxt va buta köçatlari ekilişi rejalaştirilgan. Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa kuzgi mavsum 20-noyabrdan boşlangan.
Köçatlarni tanlaşda har bir hududning tuproq va iqlim şaroitlari inobatga olinadi. Ekiş va parvarişlaş jarayonlarida zamonaviy, tejamkor suğoriş usullari, kompostlaş va mulçalaş texnologiyalaridan foydalaniş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq kökalamzorlaştiriş işlarining samarasi faqat qança köçat ekilgani bilan emas, balki ularning qançasi tutib, kelgusida soyali va soğlom daraxtlarga aylanişi bilan belgilanadi. Çunki har bir böy çözib, soya berayotgan daraxt ortida uzoq davom etadigan mehnat, muntazam parvariş va agrotexnik bilim mujassam.
Köçatni töğri tanlaş, uning unuvçanligini taʼminlaş, niholni kasallik va zararkunandalardan asraş, suv va ozuqa meʼyorini belgilaş, hududning tuproq-iqlim şaroitiga moslaştiriş kabi jarayonlarning har biri katta masʼuliyat va eʼtibor talab etadi. Şu bois kökalamzorlaştirişda nafaqat köçat ekiş, balki uni parvarişlaş va saqlab qolişga qaratilgan yondaşuv muhim.
Bu borada zamonaviy köçatçilik markazlarining örni alohida. Ular sifatli köçat yetiştiriş, aholi va mahallalarni kökalamzorlaştiriş uçun zarur materiallar bilan taʼminlaş, şuningdek, parvarişlaş texnologiyalarini joriy etişda muhim böğin hisoblanadi.
Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida taşkil etilgan zamonaviy köçatçilik markazi şunday majmualardan biri. Prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatga taşrifi doirasida joriy yil 21-oktabr kuni mazkur markaz faoliyati bilan tanişgan edi.
– Davlatimiz rahbarining 2026-yil 23-sentabrdagi farmoni bilan mahallalarning kökalamzorlaştirişdagi rolini kuçaytiriş, “3-30-300” tamoyili asosida yaşil hududlarni kengaytiriş vazifalari belgilangan. Şu asosda, masalan, Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçatçilik markazi taşkil etildi, – deydi Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi direktori Erkin Muhiddinov. – Markazning vazifasi sifatli köçat yetiştiriş, daraxtlarni parvarişlaş va mahallada aholi bandligini taʼminlaşga qaratilgan. Xorij tajribasi asosida 65 gektar maydonda taşkil etilgan majmuaning qiymati 9,5 milliard söm. Bu yerda 100 ga yaqin iş örni yaratilgan. Markazning 50 gektari manzarali daraxtlar, 5 gektari mevali daraxtlar, 3 gektari buta va gul köçatlarini yetiştirişga ajratilgan.
Majmuada oçiq köpaytiriş maydonlari, issiqxona, uruğdan nihol yetiştiriş va köçatlarni soyalaş inşootlari barpo etilgan. Siğimi 4,2 ming kub metr bölgan uçta membranali suv havzasi taşkil etilib, 20 gektar maydonga tomçilatib suğoriş tizimi örnatilgan.
Zamonaviy texnologiyalar yil davomida, jumladan, ekiş mavsumidan taşqari vaqtda ham köçat yetiştiriş imkonini beradi. Bu esa köçat taʼminotining uzluksizligini taʼminlaş, mavsumiy talabni qondiriş va yetiştiriş jarayoni samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Markazda mahallalarni yaşillaştirişga qaratilgan alohida xizmatlar ham yölga qöyilgan. Ular köçat va butalar yetkazib beriş, zararlangan daraxtlarni davolaş, mulçalaş hamda tomçilatib suğoriş tizimlarini taşkil etişni qamrab oladi.
Demak, kökalamzorlaştirişda natijaga erişiş uçun köçat ekişning özi kifoya emas. Sifatli nihol, töğri agrotexnika, tejamkor suğoriş va muntazam parvariş bir-biri bilan uzviy boğliq. Ana şu omillar uyğunligi tufayli bugun ekilgan köçatlar ertaga soyali boğlar, yaşil hududlar va soğlom ekologik muhitga aylanadi.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOYEV (surat), ÖzA



