Özbekiston va Iordaniya örtasida strategik şeriklik munosabatlari örnatildi

Xususan, Özbekiston va Iordaniya örtasida ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlaş töğrisida qöşma bayonot qabul qilindi hamda Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi bitim imzolandi. Uşbu davlatlararo hujjatlar mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.


Şuningdek, imtiyozli savdo, jinoiy işlar böyiça özaro huquqiy yordam, madaniyat va madaniy ijodkorlik sanoati, milliy kutubxonalar, hujjatlar va arxivlar, atrof-muhitni muhofaza qiliş, energetika va suv resurslarini boşqariş sohalarida bitimlar va anglaşuv memorandumlari imzolandi.
Bundan taşqari, iqtisodiy diplomatiya, toğ-kon sanoati va geologiya, uy-joy qurilişi va şaharsozlikni rivojlantiriş, raqamlaştiriş va axborot texnologiyalari, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini nazorat qiliş, soğliqni saqlaş xizmatlari hamda çorvaçilik yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.


Mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş maqsadida Toşkent va Ammon şaharlari, şuningdek, Samarqand şahri va Petra turizm mintaqasi örtasida hamkorlik töğrisidagi bitimlar almaşildi.
Davlat taşrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi. Uşbu muhim kelişuvlar Özbekiston va Iordaniya örtasida strategik şeriklikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda özaro manfaatli qöşma loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi.





