Özbekiston va Xitoy kompaniyasi qarovsiz yerlarni qayta özlaştiriş böyiça muzokara ötkazdi

Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Xitoyning “Xinjiang Lihua Group” Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan ötkazgan uçraşuvida ham ayni yönalişdagi masalalar muhokama qilindi.
Qişloq xöjaligi vazirligi maʼlumotiga köra, muloqotda Sirdaryo, Toşkent va Qaşqadaryo viloyatlarida foydalanişdan çiqqan yer maydonlarini qayta özlaştirişga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş, yer resurslaridan oqilona foydalaniş hamda ularni qişloq xöjaligi aylanmasiga qaytariş böyiça amaliy hamkorlik imkoniyatlari körib çiqildi.
Maʼlumot uçun, “Xinjiang Lihua Group” Co., Ltd. Xitoyning paxtaçilik va töqimaçilik sanoatida faoliyat yurituvçi yirik agrosanoat korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya paxta uruğçiligi, yetiştiriş, xarid qiliş va qayta işlaşdan tortib, ip-kalava hamda tayyor töqimaçilik mahsulotlarini tayyorlaşgaça bölgan töliq işlab çiqariş zanjiriga ega.
M.HOJIAKBAROVA,
ÖzA



