24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Özbekiston va Iordaniya kimyo sanoatida hamkorlikni kengaytiradi

Iqtisod 24.11.2026 18:00 0Uzdaily
Özbekiston va Iordaniya kimyo sanoatida hamkorlikni kengaytiradi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Iordaniya kimyo sanoatidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda yem-xaşak fosfatlari işlab çiqariş böyiça qöşma loyihani işlab çiqişga kelişib oldi. Bu haqda “Özkimyosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.

Kelişuvlarga Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat taşrifi arafasida erişildi. “Özkimyosanoat” boşqaruvi raisi Iordaniyaning yirik sanoat va kimyo kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muzokaralarda Jordan Phosphate Mines Company, Al Faiha Group, Manaseer Group va maişiy kimyo mahsulotlari işlab çiqaruvçi kompaniyalar vakillari iştirok etdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvlar yakunida “Özkimyosanoat” va Jordan Phosphate Mines Company örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Hujjat kimyo sanoatida hamkorlikni rivojlantiriş, özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaşni nazarda tutadi.

Bundan taşqari, tomonlar yem-xaşak uçun monokalsiyfosfat (MCP) va dikalsiyfosfat (DCP) işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça qöşma loyihani işlab çiqiş töğrisida kelişuv tuzdi.

Loyiha yem-xaşak uçun fosfat mahsulotlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, mahsulot turlarini diversifikatsiya qiliş va qöşilgan qiymat zanjirlarini kengaytirişga qaratilgan. Şuningdek, Özbekiston kimyo sanoatiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş ham közda tutilgan.

“Özkimyosanoat”da qayd etilişiça, erişilgan kelişuvlar ikki mamlakat örtasidagi işlab çiqariş kooperatsiyasini mustahkamlaş va istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari suriş imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar