Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 2027 yil 5 fevraldan boşlab avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy gaz ballonlarini töldirganlik uçun ma’muriy javobgarlik kuçga kiradi.
Şu bilan birga, aholi uçun bunday ballonlarni gaz bilan töldiriş xizmati ixtisoslaştirilgan obyektlar orqali mavjud bölib qoladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy ballonlarni töldiriş xavfsizlik talablariga zid hisoblanadi. Bu 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Yonğin xavfsizligi qoidalarining 674-bandida belgilangan.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartirişlar 2026 yil 2 noyabrda qabul qilingan ÖRQ-1186-sonli qonun bilan kiritilgan.
Yangi normalarda avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari tomonidan maişiy ballonlarni suyultirilgan gaz bilan töldirganlik uçun javobgarlik nazarda tutilgan. Ular 2027 yil 5 fevraldan kuçga kiradi.
Şu bilan birga, aholi maişiy gaz ballonlarini töldiriş imkoniyatidan mahrum bölmaydi. Bunday xizmatlar belgilangan talablarga javob beradigan va zarur ruxsatnomalarga ega ixtisoslaştirilgan gaz töldiriş stansiyalari hamda punktlari tomonidan körsatiladi.
Keltirilgan ma’lumotlarga köra, Özbekistonda “LPG-Trade” MÇJ tarkibiga kirmaydigan 360 dan ortiq gaz töldiriş stansiyasi va punkti faoliyat yuritadi. Ular mustaqil yuridik şaxslar sifatida işlaydi hamda aholining maişiy gaz ballonlarini töldiriş huquqiga ega.
Xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida amaldagi avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari hududida alohida ixtisoslaştirilgan postlarni taşkil etiş ham taklif qilingan.
Uşbu postlar maişiy gaz ballonlarini xavfsiz tarzda töldiriş uçun möljallangan bölişi kerak.




