Armanistonda «Tramp yölagi» qurilişi böyiça amaliy işlar boşlandi

23-noyabr kuni Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va AQŞ prezidenti Donald Tramp «Xalqaro tinçlik va farovonlik uçun Tramp yölagi» (TRIPP) loyihasi rasman işga tuşirilganini maʼlum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Paşinyanning taʼkidlaşiça, Armanistonning Syunik viloyatida transport yölagini qurişga tayyorgarlik işlari boşlangan. U mazkur taşabbusni mamlakat mustaqillikka erişganidan buyon amalga oşirilayotgan eng yirik iqtisodiy loyiha deb atadi.
«Tramp yölagi» Armaniston hududi orqali Ozarbayjonning asosiy qismini Naxiçevan avtonom respublikasi bilan boğlaydi. Taxminan 42 kilometrlik yönalişda avtomobil va temiryöl infratuzilmasi, şuningdek, energetika tarmoqlarini barpo etiş rejalaştirilgan.
Boş vazirning fikriça, loyiha Transkaspiy xalqaro transport yönalişiga qöşimça turtki berib, Şarq va Ğarb örtasidagi savdo aloqalarini rivojlantiradi.
Loyiha şartlariga köra, uni amalga oşiriş uçun TRIPP Development Company qöşma kompaniyasi taşkil etilgan. Unda AQŞning uluşi 74 foiz, Armanistonniki esa 26 foiz böladi.
Dastlabki kelişuv muddati 49 yil etib belgilangan. Şu bilan birga, Armaniston yölak ötadigan hudud ustidan öz suverenitetini saqlab qoladi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ham loyiha boşlanganini olqişlab, u Janubiy Kavkazda yuk taşiş, energiya resurslarini yetkazib beriş va yölovçilar qatnovi uçun yangi imkoniyatlar yaratişini taʼkidladi.
Eslatib ötamiz, 2025-yil 8-avgust kuni Vaşingtonda AQŞ vositaçiligida Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari qöşma deklaratsiya imzolagan edi. «Tramp yölagi» uşbu kelişuv doirasida ilgari surilgan asosiy taşabbuslardan biri hisoblanadi.



