Germaniyalik siyosatçi qaltis taklif bilan çiqdi

«Germaniya uçun muqobil» (Alternative für Deutschland, AfD) partiyasi hamraisi Tino Xrupalla Germaniyadan 2,6 million nafarga qadar xorijlikni badarğa etiş taklifi bilan çiqdi.
Siyosatçiga köra, Germaniyadan nafaqat jinoyat sodir etgan va boşpana sörovi rad etilgan xorijliklarni, şuningdek, mamlakatda qonuniy asosda yaşayotgan Suriya, Afğoniston va Ukraina vakillarini ham majburan çiqarib yuboriş kerak.
Buning uçun Ukrainada uruşning tugaşi, Suriya va Afğonistonda xavfsizlik bilan boğliq holat yaxşilanişi şart sifatida körsatilgan.
Migratsiya böyiça ekspert, Konstans universiteti professori Daniel Tim «Germaniya uçun muqobil» partiyasi hamraisining fikrlari jamiyatda yangliş tasavvur uyğotadi deb hisoblaydi.
«Xrupalla göyoki millionlab ukrainaliklar, suriyaliklar va afğonlarni tezkor ravişda, ommaviy tarzda deportatsiya qiliş mumkin degan tasavvur tuğdiradi. Aslida unday emas. Har bir insonning himoya maqomi alohida tartibda körib çiqilişi kerak», — deydi professor.
Germaniya Rossiya agressiyasiga uçragan Ukrainaga yaqindan kömak berib kelmoqda. Ammo bu borada ham nemis jamiyatida eʼtiroz kuçayib bormoqda. YouGov ijtimoiy instituti ötkazgan sönggi sörovga köra, mamlakat aholisining qariyb yarmi Ukrainaga kömakni qisqartiriş yoki töliq töxtatiş lozim deb hisoblaydi. Sörovda qatnaşgan aholining 30 foizigina Ukrainaga kömakni avvalgi darajada saqlab qolişni yoqlagan.
Tino Xrupallaning bayonoti Germaniyada öta öng qanotga mansub harakatning siyosat maydonidagi nufuzi oşib borayotgan pallaga töğri kelmoqda.
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 6 sentyabr kuni Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yerida mahalliy parlament (landtag) uçun bölib ötgan saylovda «Germaniya uçun muqobil» partiyasi elektoratning 43,8 foiz ovozini va mahalliy parlamentdagi 83 ta örindan 39 tasini olişga muvaffaq böldi.
Joriy yil 20-sentyabr kuni Germaniyaning yana ikki hududi — Meklenburg-Old Pomeraniya va Berlin mahalliy qonunçilik idorasi saylovida ham «Germaniya uçun muqobil» partiyasi 38,2 ovoz bilan ğalaba qozondi.
Millatçilik, ayirmaçilik ruhidagi radikal bayonotlari bilan tilga tuşgan partiyaning bu qadar keskin farq bilan ğalaba qozonişi «siyosiy zilzila» deb baholandi.
Mazkur partiya Rossiyaga nisbatan xayrixoh munosabati, Ukrainaga nisbatan esa keskin pozitsiyasi bilan ajralib turadi. Vladimir Putin ham «Germaniya uçun muqobil» nemis xalqi va nemis iqtisodiyoti manfaatlarini aniq va izçil himoya qilişi»ni aytib, partiyani oçiq maqtagani maʼlum.
Masalaning yana bir murakkab jihati şundaki, uşbu partiyani AQŞ prezidenti Donald Tramp ham qöllab-quvvatlaydi. Tramp hududiy saylovdagi ğalaba munosabati bilan partiyaga xayrixohlik ruhida post eʼlon qilgan edi.
Natsistlar partiyasi sabab Ikkinçi jahon uruşining boşlanişi va millionlab insonning öldirilişiga sababçi bölgan Germaniyada millatçilik öta nozik masala sanaladi. «Sutdan oğzi kuygan qatiqni ham puflab içadi» deganlaridek, nemislar millatçilik harakatlariga nisbatan öta ehtiyotkor munosabatda böladi. Ammo şunday ehtiyotkorlik muhitida ham millatçilik, irqçilik va aksilislom ruhidagi siyosiy dasturni ilgari surayotgan «Germaniya uçun muqobil» partiyasining mavqei oşib borayotgani öta xatarli tendensiya deb baholanmoqda.
Maʼlumot örnida: 2025-yil may oyida Germaniyaning Konstitutsiyani muhofaza etiş böyiça federal idorasi (BfV) mazkur partiyani ekstremistik tuzilma deb eʼlon qilgan edi.



