Saddam Husaynning samolyoti sotuvga qöyildi

Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn hukumati foydalangan Boeing 747SP samolyoti 900 ming dollarga sotuvga çiqarildi. Layner 35 yildan buyon Tunisda saqlanmoqda.
Bu haqda The Economic Times naşri xabar berdi.
Iroq Transport vazirligi 18-noyabr kuni Iraqi Airways aviakompaniyasiga tegişli ikkita Boeing 747 samolyoti sotilişini eʼlon qilgan. Ulardan biri Saddam Husayn hukumati uçun möljallangan Boeing 747SP hisoblanadi.
1982-yilda işlab çiqarilgan samolyot 1991-yildan buyon Tunisning Tozer-Nefta xalqaro aeroportida saqlanmoqda. U Fors körfazidagi uruş arafasida AQŞ boşçiligidagi koalitsiya zarbalaridan himoya qiliş maqsadida Iroqdan olib çiqilgan va şundan buyon mamlakatga qaytarilmagan.
Aviakompaniyaning sotuv eʼloniga köra, Boeing 747SP bilan birga Boeing 747-200 samolyoti ham sotuvga qöyilgan. Har birining bahosi 900 ming dollar, umumiy qiymati esa 1,8 million dollar etib belgilangan.
Qiziği, 2023-yilda uşbu samolyotlarning har biri 494 ming dollardan sotuvga çiqarilgan, biroq xaridor topilmagan. Hozir ularning bahosi qariyb 82 foizga oşgan.
Sotuv şartlariga köra, xaridor samolyot qiymatining 20 foizi, yaʼni 180 ming dollar miqdorida moliyaviy kafolat taqdim etişi kerak.
Mulk huquqini rasmiylaştiriş, bojxona jarayonlari va samolyotlarni olib ketiş bilan boğliq xarajatlar ham xaridor zimmasida böladi.
35 yildan buyon foydalanilmagan laynerlar hozirda parvozga yaroqsiz holatda ekani aytilmoqda, ular heç qanday kafolatsiz sotiladi.



