Özbekistonda metallurgiya sanoati hajmi 263,2 trln sömga yetdi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda metallurgiya sanoati mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 263,2 trillion sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga köp.
Milliy statistika qömitasiga köra, hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Navoiy viloyatida qayd etilgan. Uşbu hududda metallurgiya sanoati hajmi 172,9 trillion sömni taşkil qilgan.
Keyingi örinlarda Toşkent viloyati — 66,4 trillion söm va Toşkent şahri — 14 trillion söm bilan qayd etilgan.
Hududlar böyiça körsatkiçlar quyidagiça:
- Navoiy viloyati — 172,9 trln söm;
- Toşkent viloyati — 66,4 trln söm;
- Toşkent şahri — 14 trln söm;
- Samarqand viloyati — 6 trln söm;
- Sirdaryo viloyati — 1 trln söm;
- Namangan viloyati — 1 trln söm;
- Jizzax viloyati — 501,9 mlrd söm;
- Farğona viloyati — 399,7 mlrd söm;
- Buxoro viloyati — 387,1 mlrd söm;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi — 163,3 mlrd söm;
- Surxondaryo viloyati — 159,8 mlrd söm;
- Andijon viloyati — 134,2 mlrd söm;
- Xorazm viloyati — 42,6 mlrd söm;
- Qaşqadaryo viloyati — 27,4 mlrd söm.



