23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Zelenskiy Qrim köprigiga berilgan zarbani «adolatli javob» deb atadi

Jahon 21.11.2026 20:06 0Xabar
Zelenskiy Qrim köprigiga berilgan zarbani «adolatli javob» deb atadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Buyuk Britaniya vakili Ues Striting bilan uçraşuvi oldidan Qrim köprigiga qilingan hujum yuzasidan bayonot berdi.

Uning sözlariga köra, Ukraina Qrim köprigiga zarba berişidan avval Rossiya Ukraina hududidagi köpriklarga 109 marta hujum uyuştirgan.

«Bu raketalar yoki dronlar soni emas, aynan hujumlar soni. Şuning uçun bu bizning mutlaqo adolatli javobimiz», – dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uruşni töxtatiş örniga vaziyatni yanada keskinlaştiriş uçun bahonalar izlaşda aybladi.

Şuningdek, Zelenskiy Putinning Qrim köprigi harbiy logistika maqsadlarida işlatilmagani haqidagi bayonotiga eʼtiroz bildirdi.

Uning taʼkidlaşiça, internetda Rossiya tanklari, zirhli texnikalari va artilleriya qurollari mazkur köprik orqali taşilganini aks ettiruvçi yuzlab videolar mavjud.

«Bu maxfiy maʼlumot emas. Oddiy odamlar ham buni körgan. Putin internetga kirib, uşbu videolarni tomoşa qilişi mumkin», – dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Rossiya rahbarining bu boradagi bayonotlarini haqiqatga zid deb hisoblaşini bildirib, Qrim köprigi Rossiya tomonidan harbiy taʼminot yöli sifatida foydalanilganini taʼkidladi.

O‘xshash yangiliklar